17:38 Shanba 02 Avgust 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida 2025–2026-o‘quv yili uchun talabalar turarjoylarini tayyorlash masalasida yig‘ilish o‘tkazildi

01.08.2025
55

Joriy yilning 1-avgust kuni institutda talabalar turarjoylarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash yuzasidan navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda institutning prorektorlari, fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari, tyutorlar hamda boshqa mas’ul rahbar xodimlar ishtirok etdi. Unda talabalar turarjoylarida olib borilayotgan joriy ta’mirlash, sanitariya-gigiyena holati, xavfsizlik me’yorlari, texnik jihozlar va kommunikatsiya tarmoqlari bo‘yicha olib borilayotgan ishlar batafsil ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv davomida mavjud muammolar, ularni bartaraf etish choralari, talabalar uchun qulay yashash sharoitini yaratish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Jumladan, yotoqxona xonalarida yoritish tizimini yangilash, issiqlik ta’minoti va sovutish vositalari, yuvinish xonalari, oshxona va umumiy foydalanish hududlarining holati bo‘yicha masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilish yakunida mas’ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi hamda nazorat rejalari tasdiqlandi. Institut tomonidan talabalar uchun xavfsiz, toza va qulay yashash muhitini yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?