DIQQAT! O‘QISHNI KO‘CHIRISH JARAYONLARI BOSHLANDI
2025-yil 15-iyuldan 5-avgustgacha o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar onlayn tarzda qabul qilinmoqda.
Davlat oliy ta’lim muassasalarining biridan boshqasiga ko‘chirish:
transfer.edu.uz
Xorijiy davlatlar yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy/nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish: my.uzbmb.uz
IMTIHONLARSIZ O‘QISHNI KO‘CHIRISH HUQUQIGA EGA BO‘LGANLAR:
Turmush qurib, turmush o‘rtog‘ining doimiy yashash hududiga o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan talabalar.
Ota-onasi yoki turmush o‘rtog‘ining xizmat joyi boshqa hududga ko‘chgan bo‘lsa, tegishli vazirlik yoki idoradan tavsiyanoma olib kelgan talabalar.
Ushbu holatdagi talabalar imtiyonsiz tarzda o‘qishini ko‘chira oladi.
IMTIHON BILAN O‘QISHINI KO‘CHIRA OLADIGANLAR:
Xorijiy davlat OTMlarida o‘qiyotgan talabalar
O‘zbekiston hududidagi nodavlat (xususiy) OTMlarda o‘qiyotgan talabalar
Kerakli hujjatlar, test tartibi va ko‘chirish talablari haqida to‘liq ma’lumotni rasmiy saytlardan olishingiz mumkin.
Muddatni o‘tkazib yubormang – 5-avgustgacha!