E’LON
2025-yil 4-iyun kuni soat 11:00 da Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining 222-xonasida bitiruvchi kurs talabalari uchun PODIUM kompaniyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Moda va fashion luxury sohasida faoliyat yurituvchi PODIUM kompaniyasi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislarni tanlab olishni rejalashtirmoqda:
Vizual merchendayzerlar – uslub hissi va didga ega bo‘lganlar uchun;
Marketing bo‘limiga brend-menejerlar – ijtimoiy tarmoqlar, tahlil va raqamli marketing bilan ishlashga qiziqqanlar uchun;
Grafik dizaynerlar – Photoshop, Illustrator, CorelDRAW (3D bilimlari afzallik sifatida) dasturlarida ishlay oladiganlar uchun;
Stilist-konsultantlar – mijozlar bilan ishlash va moda bilan qiziqadiganlar uchun.
Tadbir davomida kompaniya vakillari tomonidan taqdimot o‘tkaziladi va mavjud vakant lavozimlar bo‘yicha savollarga javob beriladi.
Uchrashuvda ishtirok etish orqali siz moda sanoatida professional faoliyatni boshlash imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Barcha bitiruvchi kurs talabalarini ushbu uchrashuvda faol ishtirok etishga taklif etamiz.