23:12 Dushanba 07 Iyul 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“Kitobxon yoz – 2025” doirasida kitoblar ko’rgazmasi tashkil qilindi

07.07.2025
33

2025-yil 7-iyul kuni Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti talaba-yoshlari hamda Yakkasaroy tumanidagi “Shohjahon” va “Belariq” mahallalari yoshlari ishtirokida “Kitobxon yoz – 2025” loyihasi doirasida kitob koʻrgazmalari va adabiy suhbatlar tashkil etildi.

Tadbir davomida o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi O‘tkir Hoshimov ijodiga alohida e’tibor qaratildi. Uning asarlaridagi insoniylik, vatanparvarlik va hayotiy haqiqatlar yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Ko’rgazma doirasida muallifning “Dunyoning ishlari”, “Ikki eshik orasi”, “Tushda kechgan umrlar” kabi mashhur asarlari yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bayon qildilar. Muhokamalar samimiy va ilhomlantiruvchi ruhda o‘tdi.

Ushbu tadbir yoshlarda kitobga mehr, tafakkur va adabiyotga hurmat ruhini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Kitob – ma’naviyat asosi, o‘qigan yosh esa kelajak bunyodkori!

Saytni yangi dizayni yoqdimi?