“Kelajakka qadam” markazi tashkil etiladi
Bugun, 20-mart kuni “O‘zmilliybank” AJ “Kelajakka qadam” markazi direktori Elmurod Xoshimov hamda Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti rektori Davron Vaxabov ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu uchrashuvda birinchi prorektorimiz Baxtiyor Nasimov ishtirok etdi.
Memorandumga asosan, endilikda:
O‘z biznes g‘oyalarini amalga oshirish istagi bo‘lgan universitetning bitiruvchi bosqich talabalarini aniqlash, ularga biznes ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha o‘quv-treninglarni tashkil etiladi.
“O‘zmilliybank" AJ tomonidan turli sohalar bo‘yicha biznes rejalar tuzish va boshqa kredit hujjatlari to‘plamini tayyorlashda maslahat xizmatlarini ko‘rsatiladi.
Talabalarning tayyor loyihalarini moliyalashtirish hamda ish beruvchilarni jalb etgan holda bitiruvchi talabalar o‘rtasida ochiq tanlovlar o‘tkaziladi.
Tomonlar ish beruvchi tashkilotlar, shu jumladan yirik korxonalar ehtiyojlarini aniqlash va mutaxassislarga qo‘yiladigan talablarni shakllantirish bo‘yicha aniq mexanizmlar asosida hamkorlikni amalga oshiradilar.
Mazkur kelishuv yosh mutaxassislarning mehnat bozoriga muvaffaqiyatli integratsiyasini ta’minlash, ularning kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashish va ish beruvchilarning malakali kadrlar bilan ta’minlanishiga xizmat qiladi.
Tez kunlarda institutimizning 2-binosida “Kelajakka qadam” markazining filiali tashkil etiladi.