03:55 Seshanba 08 Iyul 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Kino kechasi – ma’naviy tarbiya sari qadam

07.07.2025
34

7-iyul kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Dizayn va texnologiyalar fakulteti jamoasi tomonidan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida institut madaniyat saroyida Yakkasaroy tumanidagi “Shohjahon” va “Belariq” mahallalari yoshlari ishtirokida navbatdagi “Kino kechasi” tashkil etildi.

Tadbir doirasida o‘zbek bolalar adabiyotining yirik namoyandasi Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Hoshimjonning sarguzashtlari” asari asosida suratga olingan film namoyish etildi.

Ushbu film orqali:
• yosh tomoshabinlarga ota-onaga hurmat,
• Vatanni sevish,
• mehr-oqibat,
• bag‘rikenglik,
• mas’uliyat va
• shukronalik kabi insoniy fazilatlar chuqur yetkazildi.

Kino kechasi davomida yoshlarda sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish, ularni ijtimoiy muhitga mos, ma’naviy yetuk avlod etib tarbiyalashga xizmat qiluvchi muhit yaratildi.

Tadbir samimiy va iliq ruhda o‘tdi. Ishtirokchilar filmni qiziqish bilan tomosha qildilar va o‘zlarining fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Mazkur tadbir yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kitob va kino orqali ma’naviyatga yetaklash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?