“Kitobxon yoshlar ligasi” tanlovi — ma’naviyat va tafakkur bayrami
2025-yil iyul oyi doirasida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti To‘qimachilik muhandisligi fakulteti tashabbusi bilan talaba-yoshlar o‘rtasida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Kitobxon yoshlar ligasi” tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning asosiy maqsadi:
• Yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish;
• Intellektual salohiyatni kuchaytirish;
• Talabalar o‘rtasida ijodiy fikrlash va erkin mulohaza yuritish ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Tanlov davomida talabalar sevimli asarlari yuzasidan mulohazalar bildirib, o‘z bilim va kuzatuvchanligini namoyon etishdi. Asarlar mohiyati, qahramonlar xarakteri, muallif fikrlari talaba-yoshlar tomonidan chuqur tahlil qilindi.
“Kitob — barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosidir. U hayotni anglashda eng ishonchli yo‘lboshchimizdir.” Shu boisdan, qalblarga ziyo nurini beruvchi kitoblar yoshlarning eng yaqin do‘stiga aylanishi zarur.
Tanlov yakunida faol va ijodkor ishtirokchilar faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.