01:25 Seshanba 13 May 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

O‘zbekiston va Rossiya yoshlari o‘rtasida intellektual o‘yin: “Vunderkindlar” jamoasi yuksak natijalarga erishdi!

12.05.2025
50

2025-yil 11-may kuni soat 16:00 da “Rossiya va O‘zbekiston: chegara bilmas muloqot” mavzusida o‘tkazilgan onlayn intellektual o‘yinining 4- va 5-sonida O‘zbekiston hamda Rossiyaning 14 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan yoshlari ishtirok etdi.

Mazkur o‘yinda institutimizning iqtisod yo‘nalishi 1-bosqich talabalari — “Vunderkindlar” jamoasi ham faol qatnashdi. Jamoaga “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Komilova Muyassar Mavjudovna rahbarlik qildi.

O‘yinda 14 ta jamoa ishtirok etgan bo‘lib, “Vunderkindlar” ilk raundda 1-o‘rinni, ikkinchi raundda esa 2-o‘rinni egalladi. Jamoa a’zolari bilimdonligi va mantiqiy fikrlashi bilan ajralib turdi.

“Vunderkindlar” jamoasi a’zolari:

1. Namatjonov Suxrob – jamoa sardori

2. Xusanboeva Shaxzoda

3. Baxtiyorova Madina

4. Yokubov Omadullo

5. Tillaeva Nastarin

6. Bozorboeva Sabrina

7. Sobirjonov Abduaziz

8. Maxmudov Orif

Umumiy hisobda 8 ta o‘yindan so‘ng, 1-3 o‘rinni egallagan jamoalar sertifikatlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishi belgilangan.

Bu kabi intellektual loyihalar yoshlarda bilimga bo‘lgan qiziqishni oshiradi, do‘stlik aloqalarini mustahkamlaydi hamda ikki davlat o‘rtasidagi madaniy-ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?