TTYESI va Parij xalqaro moda akademiyasi qo‘shma dasturi doirasida kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi
3-iyul kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamda Parij xalqaro moda akademiyasi qo‘shma dasturi asosida bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlari muvaffaqiyatli tashkil etildi.
Bakalavriat abituriyentlari ijodiy imtihonda ishtirok etib, o‘z portfoliolarini taqdim qildilar va modellashtirish bo‘yicha berilgan topshiriqlarni bajardilar. Ishlar xolislik tamoyillari asosida baholanib, natijalar e’lon qilindi.
Magistratura yo‘nalishi nomzodlari esa suhbat asosida bilim va ko‘nikmalarini namoyon etdilar. Har bir abituriyentga individual yondashuv qo‘llanildi va natijada ular keyingi bosqichga yo‘l oldilar.
Imtihonlar ochiq, tartibli va samimiy muhitda o‘tkazildi. Tashkiliy sharoitlar yuqori saviyada ta'minlandi.