🔊
12:27 Chorshanba 20 May 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

TALABALAR JAZONI IJRO ETISH MUASSASASIGA TASHRIF BUYURDILAR

17.04.2026
26

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida tahsil olayotgan talaba-yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va giyohvandlikning salbiy oqibatlarini hayotiy misollar asosida tushuntirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu maqsadda narkojinoyatlar sodir etganligi uchun jazo o‘tayotgan shaxslar hayoti bilan yaqindan tanishtirish, yoshlar ongida huquqiy madaniyatni shakllantirish hamda salbiy illatlarning oldini olish maqsadida talabalarni jazoni ijro etish muassasalariga olib borish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan.

Navbatdagi tashrif doirasida institutning bir guruh talaba-yoshlari Zangiota tumanida joylashgan Toshkent viloyati Jazoni ijro etish bo‘limining 24-son tarbiya koloniyasiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida talabalar muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishib, koloniyada tarbiyalanayotgan yoshlar bilan o‘tkazilgan davra suhbatida ishtirok etdilar.

Muloqot jarayonida giyohvandlikning og‘ir oqibatlari, uning nafaqat bir shaxs, balki uning oilasi va jamiyat hayotiga salbiy ta’siri haqida hayotiy misollar orqali atroflicha tushunchalar berildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?