09:32 Seshanba 29 Iyul 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“Bunyodkor yoshlar” otryadi faoliyatda!

28.07.2025
23

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Iqtisodiyot” fakultetining fidokor talabalari “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida tashkil etilgan “Bunyodkor yoshlar” talabalar qurilish otryadi tarkibida faol ishtirok etishmoqda.

Otryad a’zolari yozgi ta’til davrini mazmunli va foydali o‘tkazish, jamiyatda faol fuqarolik pozitsiyasini namoyon etish, mehnatga bo‘lgan ehtiromni shakllantirish maqsadida turli ijtimoiy ob’ektlar qurilishi va ta’miri jarayonlarida jonbozlik ko‘rsatmoqdalar.

Bu kabi tashabbuslar yoshlar orasida vatanparvarlik, jamoaviylik, mas’uliyat va kasbga bo‘lgan muhabbat hissini yanada mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi.

Shu bilan birga, talabalar amaliy mehnat orqali o‘z mutaxassisliklariga oid bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, real hayotdagi jarayonlarni yaqindan o‘rganish imkoniga ega bo‘lmoqdalar.

Otryad ishtirokchilari har bir ishga katta ishtiyoq va mas’uliyat bilan yondashib, institut nufuziga munosib tarzda faoliyat yuritishmoqda.

“Bunyodkor yoshlar” – bu mehnat, g‘ayrat va taraqqiyot yo‘lida mashaqqatdan cho‘chimaydigan avlod timsolidir!

Saytni yangi dizayni yoqdimi?