Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Gender bo‘yicha Maslahat kengashi faoliyati yo‘lga qo‘yildi
Oʻzbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida” 2019-yil 2-sentyabrdagi OʻRQ-562-son Qonunining 13-moddasi “Davlat organlarining rahbarlari xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash masalalari boʻyicha tadbirkorlik subyektlarining, shuningdek fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining vakillari ishtirokida maslahat-kengashlari tuzish” hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-avgustdagi 300-son buyrugʻida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlangan.
Jumladan, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektorining 2024 yil 10-sentyabrdagi 01-8-08/170-son buyrug‘iga binoan institutida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash masalalari boʻyicha maslahat-kengashi faoliyat yuritmoqda.