SANOAT TEXNOLOGIYALARI VA MEXANIKA FAKULTETIda “Yashil transformatsiya va sanoat xavfsizligi”kafedrasi talabalarining ekologiya sohasidagi bilim va salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida “Ekostipendiya” tanlovi targ‘iboti o‘tkazildi.
Targ‘ibot jarayonida talabalarga tanlovning maqsad va vazifalari, ishtirok etish talablari, tanlov bosqichlari hamda baholash mezonlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
🗣Jumladan, tanlovda ishtirok etuvchi talabalar Ekostipendiyani tayinlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom talablari asosida baholanishi, bunda nomzodlarning bilim va salohiyati, ilmiy-tadqiqot faoliyati, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘nalishidagi tashabbuslari hamda boshqa belgilangan mezonlar inobatga olinishi tushuntirildi.
Shuningdek, talabalarga tanlovda munosib ishtirok etish uchun zarur hujjatlar, belgilangan talablar va tanlov jarayoniga oid muhim ma’lumotlar yetkazildi.