Bunda “1-kurs maktabi” tadbirlari doirasida yangi qabul qilingan talabalarni kafedraning professor-o‘qituvchilari, ta’lim yo‘nalishlari, o‘quv jarayoni, ichki tartib-qoidalari, mavjud laboratoriyalar, axborot-resurs imkoniyatlari hamda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirish zarurligi qayd etildi.
Talabalarga institutning odob-axloq qoidalari, akademik halollik tamoyillari, dars mashg‘ulotlariga qatnashish tartibi, mustaqil ta’limni tashkil etish, kutubxona va elektron ta’lim platformalaridan foydalanish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borish lozimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, 1-bosqich talabalarining ijtimoiy faolligini oshirish, ularni ilmiy to‘garaklar, ekologik loyihalar, sport musobaqalari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda turli tanlovlarga keng jalb etish bo‘yicha tegishli ishlarni amalga oshirish taklif etildi.