Joriy yilda institutda ilmiy faoliyat bo’yicha quyidagi yutuqlarga erishildi
1. Xorij fuqarosi doktoranturaga jalb etildi. Jumladan, Tojikiston Respublikasi fuqarosi Ravshanov Dilshod Chorshanbiyevich bilan 2023-yil 10-iyulda №1 raqamli uch tomonlama shartnoma tuzil Unga muvofiq toʻlov shartnoma asosida stipendiyasiz doktoranturaga (DSc) qabul qilindi. Shartnoma hajmi 45200000 ming so‘m, (4025 AQSH dollari).
2. Xorij fuqarosi izlanuvchilikka jalb Jumladan, Qozog’iston Respublikasi fuqarosi Tileuzhanova Rugaida Amantaevna bilan shartnoma tuzildi.
3. Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan 720 mln. so‘m. hajmdagi ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha 22 ta xo‘jalik shartnomalari hamda 2 ta davlat grantlari bajarilmoqda.
4. 2023-yil 10-noyabr kuni Adliya vazirligida bo‘lib o‘tgan Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlarining II-Milliy anjumanida vazirlik tomonidan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti respublika miqyosida eng faol “Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazi” deb topildi va taqdirlandi. Shu munosabat bilan ITIIPKT bo‘lim boshlig‘i O‘zbekiston 24 radiokanaliga intervyu berdi.
5. Institut professor-o‘qituvchilarining “Scopus” xalqaro ilmiy texnik ma’lumotlar bazasidan indeksatsiyadan o‘tgan nufuzli jurnallarda chop etgan ilmiy maqolalar 66 tadan (2022-yil) deyarli ikki barobarga 121 taga (2023-yil) oshishiga erishildi. Hozirgi kunda uning soni 62 tani tashkil etadi.
6. “O‘zbekiston to‘qimachilik jurnali” ilmiy-texnik jurnalining salohiyati, chop etilayotgan ilmiy maqolalar sifat va saviyasini yanada yaxshilash, «Toʼqimachilik muammolari» jurnali Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasi Rayosatining 2020 yil 30 iyuldagi qarori bilan Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi va Niderlandiyaning Elsevier kompaniyasi hamkorligida «Ilm-fan-2020» dasturi doirasida ishlab chiqilgan «Uzbekistan Research Online» raqamli platformasiga kiritilganligi bois, jurnal nomi «Oʼzbekiston toʼqimachilik jurnali»ga oʼzgartirilib Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02-0023 raqami bilan qayta roʼyxatdan oʼtkazildi. Shu bilan birga jurnalning ilmiy salohiyatini oshirish va mualliflar bilan «Onlayn masofali» almashinuv tizimini takomillashtirish maqsadida Online E-ISSN 2181-113X raqami olindi. Hozirda shu asosida junlalning sayti ishga tushirilib ilmiy maqolalarni onlayn qabul qilish yo‘lga qo‘yildi. Maqolaga qo‘yilgan talablar Scopus jurnali talablari asosida yangi qo‘idalar ishlab chiqildi va joriy etildi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 31-avgustdagi 402-son “Innovatsion g‘oyalar haftaligi “Inno Week.Uz-2023”ni o‘tkazish to‘g‘risida” buyrug‘iga asosan 16-20 oktabr kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bosh binosi va “Alpomish” muz saroyida respublika ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda institutimizdan saralab olingan Dotsent Dilfuza Isayevaning “Kichik maktab yoshidagi o‘g‘il bolalar uchun profilaktik maktab nimchasi”, Katta o‘qituvchi Umida Rajapovaning “Ikki qatlamli Adras matosi” va Tayanch doktorat Omina Mirakbarovaning “Diabetic shoes” (Diabetik poyabzallar), innovatsion ishlanmalari bilan faol ishtirok etishib, taqdirlanishdi.
8. Joriy yilning 16-dekabr kuni Toshkent davlat texnika universitetida “Hududning 100 nafar ixtirochi ayoli” haftaligi doirasida tashkil etilgan forumda institutimizda faoliyat ko‘rsatayotgan 8 nafar (Murodxo‘jayeva Komola Botirxo‘ja qizi, Saidbekova Saidaxon Alisherovna, Zubaydullayeva Malika Muratovna, Yusupova Ziyuar Rustem qizi, Kadirova Nargis Rustam qizi, Sirojiddinova Yaxshigul Ismatillayevna, Jumaniyazova Ro‘zaxon Farxod qizi va Dustova Feruza Xamroyevna) tayanch doktorantlar o‘zlarining ilmiy tadqiqot ishlanmalari bilan faoli ishtirok etishdi. Hafta davomida faol ishtirok etgan olima ayollar sertifikat hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.
9. Institut professor-o‘qituvchilarning patent talabnomalarini rasmiylashtirish va malakasini oshirish bo‘yicha Yuristlar malakasini oshirish markazining 2023-yil 6-oktabrdagi 09-539/11-sonli xatiga asosan Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat inistitutidan 4 nafar (Baxriddinova Dilrabo Amanboyevna, Shamsiyev Islom Rabbim o’g’li, Amirova Nodira Salikovna, Avazov Komil Raxmatovich) professor-o‘qituvchilar “IP Managment (Intellektual mulkni boshqarish)” o‘quv kursida muvaffaqiyatli ishtirok etib sertifikatga ega bo‘lishdi. Ishtirokchilar faolligi uchun Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
Ma’lumot o’rnida:
Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan so’nggi 3 yilda 4 mlrd. 589 mln. so‘m. Hajmdagi ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha fundamental, innovatsion va amaliy davlat grantlari bajarildi. 2021-2023 yillar mobaynida institutimiz professor - o’qituvchilari tomonidan 111 ta monografiya, 4872 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop etildi. Shulardan 1921 tadan ortig’i xorijdagi nufuzli jurnal va ilmiy to’plamlarida nashr etildi. Professor-o’qituvchilari tomonidan “Scopus” ma’lumotlar bazasidagi jurnallarda 237 ta ilmiy maqolalar chop etilib, shuningdek ilmiy ixtirolar uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markaziga 217 ta talabnomalar topshirilib 212 ta patent olindi: shulardan 67 tasi ixtiro, 65 tasi foydali model, 47 tasi sanoat namunasi va 38 ta EHM dasturi bilan himoyalangan.