INSTITUT KЕNGASHI
Institut Kengashi (bundan keyin – Kengash deb ataladi) institutning doimiy faoliyat yurituvchi oliy kollegial organi hisoblanadi.
Kengash o‘z faoliyatini qonuniylik, oshkoralik, mustaqillik, erkin fikr, kollegiallik va yakkaboshchilikning uyg‘unligi, jamoa fikrini hisobga olish prinsiplari asosida amalga oshiradi.
KЕNGASH VAKOLATLARI VA ASOSIY VAZIFALARI
Kengash Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti faoliyatiga oid asosiy yunalishlar bo‘yicha ish olib boradi. Jumladan:
- ta’lim tizimining barcha sohalari uchun malakali pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv, metodik, ilmiy va boshqa faoliyatni samarali tashkil etish;
- shaxsning intellektual, madaniy va ma’naviy-axloqiy ehtiyojlarini pedagogik ta’lim olish orqali qondirish, davlat va jamiyatning oliy pedagogik ma’lumotli, malakali mutaxassislar va oliy malakali ilmiy-pedagogik kadrlarga
- bo‘lgan ehtiyojini qondirish;
- ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, fundamental va ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish;
- institutda normativ-huquqiy hujjatlar, davlat dasturlari, yillik rejalar va OTFIV hay’ati qarorlari va buyruqlarining bajarilishi;
- ijro intizomini mustahkamlash, lavozim (xizmat) vazifalarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlashda institut rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish;
- pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
- ma’naviy-ma’rifiy, o‘quv-uslubiy, tarbiya va ilmiy tadqiqot ishlariga oid tegishli normativ-huquqiy hujjatlar asosida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
- rektor, prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlarining institut zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan hisobotlarini eshitish;
- prorektorlar, institut bo‘limlari, fakultetlari va kafedralari faoliyati tartibi vakolatlarini ko‘rib chiqish;-O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi 20-sonli Qarori va "Oliy talim muassasalariga
- pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida"gi Nizomga muvofiq vakant lavozimlarga tanlovlarda nomzodlarni ko‘rib chiqish;
-O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xuzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasiga professor, dotsent ilmiy unvoniga tavsiya qilish kabi masalalarni hal qiladi.
Kengash institut vakolatiga taalluqli, uning hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan kollegial muhokama talab qilinadigan boshqa masalalarni ko‘rishga haqli.
KЕNGASH TARKIBI
1.Kengash tarkibi rektorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
2.Rektor, prorektorlar, fakultet dekanlari lavozimiga ko‘ra Kengash tarkibiga kiradi.
3.Kengashga saylanadigan a’zolar soni rektor buyrug‘i bilan belgilanadi va ular kafedra mudirlari, tarkibiy bo‘linma rahbarlari, professor-o‘qituvchilar orasidan saylanadi.
4.Kengash tarkibiga boshqa manfaatdor idoralar vakillari, uzluksiz ta’lim tizimi muammolari bilan shug‘ullanadigan taniqli olim va mutaxassislar kiritilishi mumkin.