Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining “Yashil transformatsiya va sanoat xavfsizligi” kafedrasida “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” va “Atrof-muhit muhandisligi” ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan xotin-qizlarning ilmiy salohiyatini oshirish, ularning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ilmiy-tadqiqot va ijodiy faoliyatga keng jalb etish maqsadida “Yoshlar akademiyasi” bilan hamkorlikda xotin-qizlar o‘rtasida “Institutning eng yaxshi 10 ta innovatsion loyihalari” tanlovini tashkil etish bo‘yicha tegishli tashkiliy ishlar amalga oshirildi.
Dastlab, tanlovni samarali tashkil etish va o‘tkazish maqsadida kafedra hamda Yoshlar akademiyasi hamkorligida tashkiliy ishlar yo‘lga qo‘yildi. Tanlovni tashkil etish, ishtirokchilarni jalb qilish, innovatsion loyihalarni qabul qilish va saralash bo‘yicha mas’ul xodimlar faoliyati belgilandi.
Shuningdek, fakultet va kafedralarda professor-o‘qituvchilar hamda talaba-qizlarni tanlovda faol ishtirok etishga jalb qilish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Xotin-qizlarga o‘zlarining ilmiy izlanishlari, innovatsion g‘oyalari va amaliy ishlanmalarini loyiha shaklida taqdim etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Tanlov doirasida to‘qimachilik sanoatida innovatsion texnologiyalarni joriy etish, ekologik muammolarni bartaraf etish, yashil texnologiyalar, raqamli texnologiyalar, sanoat xavfsizligi, mehnat muhofazasi hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan innovatsion loyihalarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.