Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2030-yilgacha boʻlgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosi ta’minlash maqsadida bir qator tadbirlar tashkil qilindi.
1-6 -dekabr kunlari Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida ekologik madaniyatni yuksaltirish yuzasidan “Ekologik mas’uliyat haftaligi” tashkil etildi.
Haftalik doirasida barcha fakultet talabalari ishtirokida “Ekologik qonunchilik – mening huquq va burchlarim” mavzusida davra suhbati, “Ekoadolatli hayot” debati, “Ekologik muommolar: Bugun va ertaga” ochiq muloqoti, “Ekofotolavha” fototanlovi hamda “Ekosavodxonlik bilan tanishamiz” interaktiv darslari o’tkazildi.
Unda, talabalarga qayta ishlash, saralash tizimlari, plastikni qisqartirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi. Shunigdek, suv resurslarini tejash va ifloslanishni kamaytirish, suvni samarali ishlatish usullari, oqava suvlarni tozalash va davriy nazorat mexanizmlari haqida ma’lumot berildi.
Tadbir doirasida talaba-yoshlarga binolarda va kundalik hayotda energiya tejamkorligini oshirish bo‘yicha oddiy va amaliy yechimlar ko‘rsatilib, mahalliy tabiiy resurslarni saqlash, daraxt ekish va shaharlarda yashil hududlarni kengaytirish muhimligi ta’kidlandi. Talabalar tomonidan ishlab chiqilgan ekologik loyihalar va innovatsion echimlar namoyish etildi.
Qayta ishlash texnologiyalari, chiqindilarni saralash, energiya tejamkor qurilmalar va ekologik hayotni tashkil etish bo‘yicha master-klasslar tashkil qilindi.
“EKOLOGIK MASʼULIYAT HAFTALIGI”