O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko’maklashish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida
5-dekabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Kelajakka qadam” loyihasining “Tadbirkor elga madadkor” shiori ostida, “O’z biznesingni boshla” mavzusida amaliy seminar bo’lib o’tdi.
O‘zbekiston Milliy banki aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda o’tkazilgan seminarda bitiruvchilarning mehnat bozoriga integratsiyasini tezlashtirish, ularning kasbiy koʻnikmalarini amaliyotda qoʻllashlari uchun sharoit yaratish, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish va yangi ish oʻrinlari yaratish orqali yoshlarning bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar, bu borada “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida yaratilayotgan imkoniyatlar jonli misollar orqali tushintirildi.
Unda, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institut birinchi prorektori Nasimov Baxtiyor, “Kelajakka qadam” markazi direktori o’rinbosari Ostonov Behruz hamda markaz bo’lim boshlig’i Ilhomov Azim, Milliy bankning Sergeli filiali loyiha menejeri – institutga biriktirilgan xodim Jurayev Ibrohimxon o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Tadbirda, “SOF MEGA TEKSTIL” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori Xakimov Nurali tadbirkorlikni boshlash va unda samarali ish tashkil qilish borasida, institut bitiruvchisi Xo‘jamurodov Surxonbek esa, “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida 500 million so’m hisobiga ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan biznes-rejasi haqida talabalarga so’zlab berdi.
Shuningdek, Yoshlar akademiyasi lideri, institut magistri Hikmatullayev Rustam “Kelajakka qadam” loyihasi uchun yaratilgan maxsus BOTni taqdim etdi va uning imkoniyatlari hamda foydalanish tartibi haqida ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berdi.
“KELAJAKKA QADAM” – O’Z BIZNESINGNI BOSHLA!