O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2030-yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2025-yil 15-maydagi 184-sonli qarorning 7 (a) kichik bandi hamda 2-ilova 63-bandida har yili aholining turli qatlamlari, talabalar va o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Yangi daraxt - yangi nafas” respublika ekochempionatini tashkil etish vazifasi yuklatilgan.
Shuningdek, Vazirlikning “Oliy ta’lim muassasalarida “Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz” shiori ostida aksiyalar, tashviqot tadbirlarini o‘tkazish hamda “Eko klub”larni tashkil qilish to‘g‘risida” 2025-yil 28-iyuldagi 273-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq Eko klublarning vazifalaridan biri sifatida oliy ta’lim muassasasining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Yangi daraxt - yangi nafas” respublika ekochempionati Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoati instituti, Toshkent Noshirlik-Matbaa texnikumi hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoati instituti qoshidagi Akademik litseyi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Yangi daraxt - yangi nafas” chempionatida professor-o‘qituvchilar hamda talabalar-yoshlar faol qatnashib va g‘oliblarni sovg‘alar bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2030-yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”