Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Sanoat texnologiyalari va mexanika fakulteti “Yashil transformatsiya va sanoat xavfsizligi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” ta’lim yo‘nalishi talabalari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tizimidagi O‘zbekiston Davlat tabiat muzeyiga ma’rifiy tashrif buyurdilar.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalarning ekologiya, atrof-muhit muhofazasi, biologik xilma-xillik, tabiiy resurslarni asrash va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq jarayonlar haqidagi nazariy bilimlarini boyitish, ularda tabiatga nisbatan mas’uliyatli munosabatni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
Tashrif davomida talabalar muzey ekspozitsiyalari bilan tanishib, O‘zbekiston tabiati, hayvonot va o‘simlik dunyosi, tabiiy ekotizimlar hamda noyob tabiat namunalari haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.