O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-martdagi 113-F-son Farmoyishiga asosan tasdiqlangan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlarini ekishning oliy, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim boshqarmalari kesimida prognoz ko‘rsatkichlari ijrosi bo‘yicha
MA’LUMOT
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-martdagi 113-F-son Farmoyishiga asosan tasdiqlangan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida oliy, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tizimi muassasalarida manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlarini ekish bo‘yicha belgilangan prognoz ko‘rsatkichlar ijrosini ta’minlash yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur loyiha doirasida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida yashil hududlarni kengaytirish, ekologik muhitni yaxshilash hamda talaba-yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni shakllantirish asosiy vazifa etib belgilangan. Shunga muvofiq ravishda barcha bo‘lim, fakultet hamda kafedra kesimida aniq reja va prognoz ko‘rsatkichlar ishlab chiqilib, ularning ijrosi nazoratga olingan.
Hisobot davrida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institut hududlarida manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari keng miqyosda tashkil etildi. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti talabalar hamda professor-o‘qituvchilar faol ishtirok etib, ko‘chat ekish tadbirlari muntazam ravishda o‘tkazildi. Natijada, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hududlarida yangi yashil zonalar, xiyobonlar va bog‘lar barpo etildi.
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institut hududlarida ko‘chat ekish bilan bir qatorda, mavjud yashil hududlarni kengaytirish va obodonlashtirish ishlari olib borildi. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hududlarini ko‘kalamzorlashtirish orqali sanitariya-gigiyena holatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratildi.