1.Bosqich:Hujjatlarni tayyorlash
|
№ |
Hujjat nomi |
Izoh |
|
1 |
Institutga yo’llanma |
Hujjatlar institutga yo’llanadi (onlayn yoki pdf shaklda). Unda ta’lim yo’nalishi va shaxsiy ma’lumotlar ko’rsatiladi. |
|
2 |
O’qigan fanlari va baholari ko’rsatilgan hujjatlarning asl nusxalari (transkript) |
Maktab, kollej yoki universitet diplom(lar)i va transkriptlar. Agar hujjatlar o’zbek yoki rus tilida bo’lmasa-rasmiy tarjimasi va notarial tasdiqlangan bo’lishi kerak. |
|
3 |
Sog’lig’i to’g’risida tibbiy ma’lumotnoma |
Tibbbiy tekshiruv natijasida berilgan hujjat (masalan,086/U shakli). Oxirgi 6 oy |
|
4 |
Milliy pasport yoki tug’ilganlik haqida guvohnoma |
Pasportda amal qiluvchi viza bo’lishi kerak. Agar yoshi kichik bo’lsa tug’ilganlik haqidagi guvohnama. |
|
5 |
4x6 sm o’lchamdagi 6 ta fotosurat |
Yangi rasm, rasmiy va fon bir xil bo’lishi lozim. |
2.Bosqich:Hujjatlarni rasmiylashtirish
- Tarjima-agar hujjatlar o’zbek yoki ingiliz tilida bo’lmasa,ularni rasmiy tarjimon tomonidan tarjima qildirish va notarial tasdiqlatish kerak.
- Legalizatsiya/Apostil-ayrim davlatlar uchun hujjatlar xalqaro darajada tan olinishi uchun apostil qoyiladi yoki O’zbekiston elchixonasida tasdiqlanadi.
3.Bosqich: Hujjatlarni onlayn topshirish
- TTYSI rasmiy saytidagi “abituriyentlar uchun” bo’limiga kirish
- Onlayn ariza to’ldirish (odatda PDF yoki maxsus platforma orqali).
3.Yuqoridagi hujjatlarni skaner qilingan shaklda yuklash (JPEG,PDF formatda).
4.Til bilish darajasi sertifikatlari(ingliz/rus tili B1 darjasi) magistratura mutaxassisligi uchun.
- Institut tomonidan ko’rsatilgan elektron manzilga ( info@ttysi.uz, pochta@ttyesi.uz) hujjatlarni yuborish.
4.Bosqich.Hujjatlarni ko’rib chiqish ko’rib chiqish
-Institut qabul komissiyasi hujjatlarni ko’rib chiqadi.
-Zarur hollarda onlayn suhbat yoki imtihon o’tkaziladi.
-Hujjatlar to’g’ri bo’lsa qabul to’g’risida qabul xati (offer letter) yuboriladi.
5.bosqich:Viza va O’zbekistonga kirish
-Institut tomonidan taklif xati asosida talaba vizasi (O’quv viza) olish.
-O’zbekistonga kelgach, ro’yxatdan o’tish (propiska) va kontrakt to’lovini amalga oshirish.
6.Bosqich: O’qishga qabul qilish
-Institutga asl hujjatlarni topshirish.
-Talabalik guvohnomasi beriladi va o’qish jarayoni boshlanadi.
Xorijiy talabalarning Toshkent to’qimachilik va yengil sanoati institutiga qabul qilish yo’l xaritasi.