O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi hamda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamkorligida Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kuni munosabati bilan "Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish: ekologik barqarorlik va aholi xavfsizligini ta’minlashning zamonaviy yondashuvlari" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi raisining yoshlar va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Nilufar Matkarimova "Ekologik barqarorlik — tabiiy ofatlar xavfini kamaytirishning muhim sharti" mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etib, tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholi xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha so‘z yuritdi.
Uchrashuv davomida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti profssor-o‘qituvchilar hamda “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talaba-yoshar bilan birga tadbirda faol qatnashdilar.