Yoshlar oʻrtasida tozalikka rioya qilish madaniyatini shakllantirish, ularning atrof-muhitga munosabatini yaxshilash va bu boradagi ijtimoiy masʼuliyatni oshirishga bagʻishlangan tarbiyaviy-maʼrifiy tadbirlar, institutimiz va atrofdagi mahallalar — bizning ijtimoiy muhitimiz, u yerda biz yashaymiz, o‘qiymiz, o‘ynaymiz va bir-birimiz bilan munosabatda bo ‘lamiz. Shu sababli, institutimiz va atrofimizdagi mahallalarni toza saqlash har birimizning eng asosiy vazifalarimizdan biridir. Ushbu joylarning tozaligi — bu nafaqat tashqi ko‘rinishning chiroyli bo‘lishi, balki sog‘lom turmush tarzi va xalqimizning madaniyati darajasini ham ko‘rsatadi.
29-sentyabr kuni fakultetining ekofaol va mehnatkash talabalari ishtirokida “Butunjahon tozalik kuni” (World cleanup day) tadbiri o‘tkazildi. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining hududlardagi boshqarmalari va tegishli tashkilotlar bilan birgalikda tozalikka rioya qilish, xodimlar mehnatini qadrlashga doir videorolik, targ‘ibot materiallari ishlab chiqilib saytlarga muntazam yoritilib kelinmoqda. “Bir Vatanda, bir maqsadda - xalqaro chiqindisiz dunyo uchun!” shiori ostida ekofaol talabalar jamoasi atrof - muhitni chiqindilardan tozalash maqsadida birlashgan holda o‘z hissasini qo‘shdi.
Yoshlar oʻrtasida tozalikka rioya qilish madaniyatini shakllantirish, ularning atrof-muhitga munosabatini yaxshilash