Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida tahsil olayotgan talaba-yoshlar ishtirokida “Antikorrupsiya monitoring guruhi” faoliyat olib bormoqda.
Institutning birinchi prorektori Baxtiyor Nasimov boshchiligida 4-may kuni monitoring guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda, institut Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlar hamda monitoring guruhi a’zolari ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida ta’lim jarayonida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsion holatlarning oldini olish, talabalar murojaatlarini tizimli ko‘rib chiqish hamda ichki nazorat mexanizmlarini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, guruh faoliyatini yanada samarali tashkil etish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish hamda talaba-yoshlar o‘rtasida halollik va mas’uliyat tamoyillarini mustahkamlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.