Dizayn va texnologiyalar fakulteti talabalari bitiruv ishlarini himoya qildilar.
Dizayn va texnologiyalar fakultetida tahsil olayotgan bitiruvchi talabalar o‘zlarining bitiruv malakaviy ishlarini himoya qildilar.
Himoya jarayonida talabalar zamonaviy talablarga javob beradigan, ijodiy va amaliy jihatdan mukammal loyihalarini taqdim etdilar. Liboslar to‘plami, konseptual yondashuv va taqdimot uslubi komissiya a’zolari tomonidan ijobiy baholandi.
Talabalarning ishlari nafaqat ularning o‘ziga xos ijodiy qarashini, balki o‘z kasbiga bo‘lgan yuksak mas’uliyatini ham namoyon etdi.