22:15 Seshanba 29 Aprel 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Italiyaning TECON kompaniyasi asoschisi ishtirokida darslar o‘tkazildi

29.04.2025
29

Charm va poyabzal muhandisligi kafedrasida Italiyaning TECON kompaniyasi asoschisi Giorgio Menikoni ishtirokida darslar bo‘lib o‘tdi. TECON kompaniyasi charm poyabzal sanoati uchun turli assortimentdagi jihozlar ishlab chiqaradi.

Amaliyotga yo‘naltirilgan treningni rivojlantirish doirasida Charm va poyabzal muhandisligi kafedrasi Italiyaning TECON kompaniyasi asoschisi va direktori janob Giorgio Meniconi tomonidan mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar davomida talabalar charm-poyabzal ishlab chiqarish sohasidagi zamonaviy yo‘nalishlar, innovatsion texnologiyalar va yosh mutaxassislarga qo‘yilayotgan real talablar bilan yaqindan tanishdilar. Giorgio Meniconi o‘zining professional tajribasi bilan o‘rtoqlashdi, TECON ning rivojlanishi va zamonaviy global sanoat sharoitida biznes yuritishning o‘ziga xos xususiyatlari haqida gapirdi.

Mashg‘ulotlar jonli muloqot formatida o‘tkazildi: talabalar savollar berishda hamda amaliy ishlarni muhokama qilishda faol qatnashdilar va kasbiy o‘sish bo‘yicha qimmatli tavsiyalar oldilar. Muhokamada yangi materiallar, texnologik yangiliklarni joriy etish va ijodiy fikrlashni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv natijasida talabalar o‘qish va kasbiy rivojlanish uchun kuchli motivatsiya oldilar. Janob Menikoni eng faol va qobiliyatli talabalar TECON kompaniyasining Italiyadagi ishlab chiqarish maydonchasida amaliyot o‘tashlari mumkinligini ta’kidladi. Jumladan ikki talabaga amaliyot o‘tash imkoniyati berilgan bo‘lib, bu esa ular uchun xalqaro kompaniyada haqiqiy karyera istiqbollarini ochadi.

Institut va TECON oʻrtasida qoʻshma taʼlim dasturlari, ilmiy loyihalarni amalga oshirish va sohaning kadrlar salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan uzoq muddatli hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.
Charm va poyabzal muhandisligi kafedrasi jamoasi Giorgio Menikoni ga samarali hamkorlik uchun o‘z minnatdorchiligini bildiradi va muvaffaqiyatli qo‘shma tashabbuslarning yanada kengayishiga umid qiladi!

Saytni yangi dizayni yoqdimi?