Hamkorlikning yangi ufqlari: TTYSI va UNEC sheriklikni mustahkamlamoqda
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Ozarbayjon Davlat Iqtisodiyot Universiteti (UNEC) vakillari bilan konstruktiv uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zaro qiziqish va ochiqlik muhitida o‘tgan uchrashuvda TTYSI xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori I. Bulanov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i V. Lyamkina, shuningdek UNEC Xalqaro aloqalar va dasturlar bo‘yicha prorektori G. Gasanov, UNEC strategik rivojlanish bo‘limi boshlig‘i B. Aliyev hamda UNEC tashqi aloqalar bo‘limi mutaxassisi G. Jalilova ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida tomonlar hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdilar.
Xususan:
qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish,
talabalar almashinuvi orqali madaniy va akademik taraqqiyotni qo‘llab-quvvatlash,
to‘qimachilik va yengil sanoat sohalarida ilmiy-tadqiqot sherikligini rivojlantirish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur muloqot ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi uzoq muddatli va samarali hamkorlikka zamin yaratadi.