TTYSIda “Muhandislik oyligi” doirasidagi Oliygoh kubogi yakunlandi
2025-yil 27-iyun kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Muhandislik oyligi” doirasida tashkil etilgan Oliygoh kubogining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Robototexnika (Robo-Sumo, Robo-Football, Line follower) hamda 3D modellashtirish yo‘nalishlarida o‘tkazilgan tanlovda iqtidorli talabalar o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyon etdilar.
G‘oliblar har bir yo‘nalish bo‘yicha 1-, 2- va 3-o‘rinlar uchun mos ravishda 5 mln, 3 mln va 2 mln so‘m miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlandi.