08:15 Juma 15 Avgust 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Tyutorlik lavozimi bo‘yicha suhbat jarayoni o‘tkazildi

13.08.2025
27

2025–2026 o‘quv yili uchun Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida tyutorlik lavozimiga ishga qabul qilish jarayonlari izchil davom etmoqda. Shu munosabat bilan 2025-yil 13-avgust kuni ushbu lavozimga hujjat topshirgan nomzodlar bilan navbatdagi suhbat jarayoni tashkil etildi.

Suhbat jarayonida nomzodlarning kasbiy bilim va malakasi, muloqot va pedagogik yondashuv ko‘nikmalari, mas’uliyat va vaqtni samarali boshqarish qobiliyati, shuningdek, jamoada ishlash tajribasi sinovdan o‘tkazildi. Har bir nomzoddan ta’lim-tarbiya jarayoniga yangicha yondashish, talabalar bilan individual ishlash strategiyasi va amaliy rejalari bo‘yicha fikrlar olindi.

Mazkur suhbat institutimiz ta’lim jarayonini yanada yuksaltirish, talabalar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda ularning o‘quv faoliyatiga individual yondashuvni ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, bu borada eng iqtidorli va mas’uliyatli kadrlarni tanlab olishga alohida e’tibor qaratildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?