KAFEDRANING MAQSADI
Kafedraninng asosiy maqsadi, ta’lim, ilm-fan va innovatsiyani bir butun jarayon sifatida rivojlantirish, ta’lim sifatini xalqaro standartlarga mos darajada ta’minlash hamda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan yuqorimalakali mutaxassislarni tayyorlashdir.
KAFEDRA HAQIDA
“Aniq va tabiiy fanlar” kafedrasi, “Tabiiy fanlar” hamda “Oliy matematika” va muhandislik grafikasi” kafedralari negizida 2025 yilda tashkil topgan. Kafedrada 41 nafar professor-oʼqituvchi faoliyat olib boradi. Kafedraning ilmiy salohiyati 55 % ni tashkil etadi. Jumladan 4 nafar fan doktorlari-professorlar, 23 nafar fan nomzodi (PhD), 2 nafar dotsent, 6 nafar katta o‘qituvchi, 10 nafar assistent hamda 4 nafar o‘quv yordamchi xodimlar (laboratoriya mudiri, laborantlar) pedagogik faoliyat olib bormoqda.
Kafedrada sohadagi ishlab chiqarish korxonalarini boshqarish bilan bog‘liq ilmiy ishlar olib borilmoqda. Shu yo‘nalishda kafedrada ximiya fanlari doktori, professor A. S. Rafikov rahbarligi ostida «Polimer chiqindilarini qayta ishlash orqali foydali kimyoviy moddalar va maishiy buyumlar olish usuli» ishlab chiqilgan. Ximiya fanlari doktori, dotsent B. X. Islamov rahbarligida esa “Tabiiy tola chiqindilarini qayta ishlash usuli” yaratilgan. Kafedra faoliyatining asosiy ilmiy yo‘nalishlaridan biri, professor I. Yadgarov tomonidan asos solingan “Nanomateriallar tuzilishini kompyuterda modellash” hisoblanadi.
Professor–o’qtuvchilar tomonidan hozirgacha 12 ta patent, 15 ta darsilk, 14 ta o'quv qo‘llanma, 10 ta monografiya va 175 dan ortiq o‘quv-uslubiy ishlar tayyorlangan. 800 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar Respublika hamda xorijiy jurnallarida chop etilgan.
Institutning ustuvor vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha ish rejasiga muvofiq, kafedra ta’lim va ilmiy faoliyatni takomillashtirish ishlarini davom ettirmoqda. Bu faoliyat o‘quv va ilmiy ish samaradorligini sezilarli darajada oshirishni ta’minlaydigan innovatsion texnologiyalar prinsiplariga asoslanadi.
Kafedra O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti, U.A.Aripov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, Toshkent davlat texnika universiteti hamda boshqa oliy ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Kafedra o‘qituvchilari ilmiy-amaliy va uslubiy anjumanlar hamda seminarlarda muntazam ishtirok etib kelmoqdalar.
KAFEDRA YUTUQLARI
Kafedrada professor A.S.Rafikov va ilmiy izlanuvchilar hamkorligida “Polimer chiqindilarni ekologik tamoyillar asosida kompleks qayta ishlashning ilmiy va amaliy asoslari” mavzusidagi qiymati 3 mld 932 mln 015 ming so‘mlik fundamental ilmiy loyiha olindi.