KAFEDRA TARIXI
1980-yildan Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti (TTYSI) «Matbaa va bosma mahsulotlari dizayni» kafedrasi matbaa sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlaydigan Markaziy Osiyoda tayanch о‘quv muassasasi hisoblanadi.
1996-yildan «Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi» kafedrasi matbaa о‘quv muassasalari Xalqaro assotsiatsiyasi a’zosi hisoblanadi va shu asosda jahonning yuzdan ortiq yetakchi matbaa о‘quv muassasalari, yetakchi firmalar va kompaniyalari bilan xalqaro hamkorlik olib borilgan. 1997-yil kafedra Respublikada matbaa sohasini rivojlantirish uchun Vuppertaldagi (Germaniya) Berg birlashgan universiteti bilan shartnoma tuzdi. 1998-yil “HEIDELBERG” firmasi kafedra bazasida bosishgacha bо‘lgan, bosish va bosishdan keyingi uskunalar bilan jihozlangan о‘quv markazi tashkil etdi. 2000-yildan boshlab kafedrada “YAM INTERNATIONAL” (Buyuk Britaniya) kompaniyasi tomonidan tashkil qilingan о‘quv markazi faoliyat kо‘rsatgan. 2003-yil О‘rta Osiyoda birinchi marta «Matbaa, ilm va ta’limda media texnologiyalar» Xalqaro ilmiy-amaliy anjumani muvaffaqiyatli tashkil qilindi. Unda xorijiy va О‘zbekistonning yetakchi matbaa о‘quv muassasalari olimlari, firma va kompaniyalari ishtirok etishdi. 2005-yil kafedra Shtutgart Universiteti (Germaniya) bilan shartnoma imzoladi. 2009-yil kafedra nomi “Matbaa ishlab chiqarish texnologiyasi va dizayni”ga о‘zgartirildi. 2010-yil kafedra Ukraina Matbaa Akademiyasi, 2011-yil Jongbu universiteti (Janubiy Koreya) bilan shartnoma imzoladi.
2013-yildan kafedra “Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi” nomi bilan faoliyat yuritgan.
“Kimyoviy texnologiya” kafedrasi 1959-yil О‘zFA Akademigi, professor M.A.Xojinova tashabbusi bilan bevosita professor Boris Emanuilovich Geller boshchiligida tashkil etilgan. Kafedra bu davrda “Yuqori molekulyar birikmalarning kimyoviy texnologiyasi” nomi bilan yuritilib, О‘rta Osiyoda vujudga kelayotgan sanoatning kimyoviy tolalar texnologiyasi sohasi uchun yuqori malakali kadrlar injener - texnologlar tayyorlab bergan. Mazkur kafedra 2011-yildan “Tolali materiallar va qog‘oz kimyoviy texnologiyasi” nomi bilan yuritilgan. 2013-yildan kafedra “Kimyoviy texnologiya” deb nomlandi. “Kimyoviy texnologiya” kafedrasini 1985-2004 yillar t.f.d. professor Karim Ergashevich Ergashev, 2004-2011 va 2013-2019 yillar t.f.d. professor Iroda Abdusamatovna Nabiyeva, 2011-2013 yillar t.f.d. professor Dilfuza Baxramovna Xudayberdiyeva va 2019 -2024 yillar t.f.n. dotsent Maxfuza Shuxratovna Xasanova boshqargan.
2024-2025 о‘quv yilida “Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi” va “Kimyoviy texnologiya” kafedralari qо‘shilib, “Kimyo va matbaa muhandisligi” kafedrasiga о‘zgartirildi.
KAFEDRA FAOLIYATI
2024-yildan mudirlik vazifasida texnika fanlari falsafa doktori, dotsent A.A.Djalilov faoliyat olib bormoqda. Hozirda kafedrada 4 nafar protsessor, 20 nafar dotsent, 2 nafar katta о‘qituvchi, 7 nafar assistent о‘qituvchilar pedagogik faoliyat hamda о‘zlarining ilmiy va amaliy izlanishlarini olib bormoqdalar. Kafedrada 30 dan ortiq fanlar о‘qitiladi. Kafedrada Institut Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga 05.02.03 - Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari va 05.06.02 - “Tо‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosliklari bо‘yicha qabul qilingan 14 nafar doktorantlar biriktirilgan.
KAFEDRA YUTUQLARI
Kafedraning bir necha professor-о‘qituvchilari Janubiy Koreyaning Djungbu Universitetida tajriba almashib qaytdi. Kafedraning chet ellar bilan, shu jumladan, Belgiya, Gretsiya, Janubiy Koreya, Shveysariya, Xitoy va Rossiya oliy о‘quv yurtlari va tashkilotlari bilan aloqalari yaxshi yо‘lga qо‘yilgan. Kafedra о‘qituvchilaridan D.B.Xudayberdiyeva, I.A.Nabiyeva, N.S.Amirova, G.Q.Sodiqova, SH.X.Shamanov, M.B.Irmatova va N.Z.Saydaliyevalar “TEMPUS” dasturini “IMG” shaxsiy granti bo‘yicha Finlandiyaning “Kuopio Dizayn Akademiyasi”, “Erasmus+” dasturi bо‘yicha Gretsiyaning Pireya amaliy fanlar universiteti, “Iste’dod” jamg‘armasi bо‘yicha Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg Davlat politexnika universiteti, Uhan tо‘qimachilik universiteti, “Kor-uz” Textile Texnoparki bо‘yicha Janubiy Koreyaning Korea Institute of Industrial Technology va Korea Textile & Fashion Polytechnic instituti, Almata Texnologiya Universiteti, Tojikiston Texnologiya Universiteti, Qozog‘iston Texnologiya va Biznes Universiteti, “Yantay Yelin Textile Printing And Deing" LTD korxonasi hamda Changshu Texnologiya Institutida malaka oshirganlar va stajirovka о‘taganlar.