Institut rektorining 2023-yil 28-sentabrdagi
143 - son buyrugʻiga ilova
Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining
USTAVI
Umumiy qoidalar
- Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti (keyingi o‘rinlarda – Institut) sobiq SSSR Xalq Komissarligi Kengashining 1932-yil 1083-son qarorigamuvofiq tashkil etilgan.
- Institutoliy ta’lim muassasasi hisoblanib, oliy ta’limning asosiy va qo‘shma ta’lim dasturlarini bajarish bo‘yicha ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘quv, ilmiy-metodik va boshqa faoliyatlarni amalga oshiradi hamda ta’lim xizmatlarini ko‘rsatadi.
- Instituto‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyruqlari hamda mazkur Ustavga amal qiladi.
- Institutbakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlanishini ta’minlaydi. Shuningdek, Institut shartnoma asosida ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni olishni tashkil etadi.
- Institutda ta’lim olish shakllari quyidagilardan iborat:
ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish (kunduzgi);
ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish (sirtqi).
Qonunchilik hujjatlariga muvofiq institutda ta’lim olishning boshqa shakllari ham joriy etilishi mumkin.
- Institutyuridik shaxs hisoblanadi. Operativ boshqaruvida mol-mulkka egalik qiladi, ushbu mol-mulk bo‘yicha o‘z majburiyatlariga muvofiq javob beradi, o‘z nomidan mol-mulk sotib olishi va mulkiy hamda nomulkiy huquqlarni amalga oshirishi, zimmasiga majburiyat olishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin.
Institutmustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respub-likasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi yoki uning tegishli boshqarmalarida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, shu jumladan, bank muassasalarida valyuta bo‘yicha hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, shtamplar va boshqa rekvizitlarga ega.
Institutrasmiy nomi:
davlat tilida: Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti (TTYESI);
рус тилида: Ташкентский институт текстильной и легкой промышленности (ТТЕСИ);
ingliz tilida: Tashkent institute of textile and light industry (TITLI).
Institutning joylashgan manzili: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shohjaxon ko‘chasi 5-uy.
- Instituto‘z faoliyatini davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, kadrlar buyurtmachilari va boshqa tashkilotlar, shu jumladan, xorijiy hamkor tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari, Muassasa xo‘jalik jamiyatini ta’sis etishi hamda ularning ustav fondi (ustav kapitali)da ishtirok etishi mumkin emas.
Institutning asosiy maqsadi, vazifalari va funksiyalari
- Har tomonlama rivojlangan, Vatanini qadrlovchi, davlat va jamiyat oldidagi o‘z mas’uliyatini his qiluvchi, mamlakat kelajagi uchun vijdonan va halol mehnat qiluvchi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qiluvchi, qonunlarga so‘zsiz itoat etuvchi hamda xalqaro ta’lim maydonida raqobatbardosh, yuqori malakali, zamonaviy iqtisodiyotning tegishli sohalari bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassislarni va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash Muassasaning asosiy maqsadi hisoblanadi.
- Asosiy maqsaddan kelib chiqqan holda quyidagilar Institutning asosiy vazifalari hisoblanadi:
zamonaviy talablar, ilg‘or xalqaro tajriba va mehnat bozori ehtiyojlari asosida yuqori malakali, ijodiy fikrlaydigan, halol kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
iqtisodiyotning tegishli sohalari bo‘yicha talabalarning fundamental, bazaviy, shuningdek, amaliy kasbiy tayyorgarligini ta’minlaydigan o‘quv reja va dasturlar asosida bakalavrlar, magistrlar tayyorlash;
ish beruvchilar ehtiyojidan kelib chiqib, talabalarda tahliliy fikrlash va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish, yangi bilimlarni mustaqil ravishda egallash va ulardan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirishni ta’minlaydigan o‘qitishning zamonaviy shakl va metodlari, pedagogik, innovatsion, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni keng qo‘llash;
fanlarni tanlash imkoniyatini ta’minlagan holda Yevropa kredit tizimini (European Credit Transfer and Accumulation System) joriy etish, shu jumladan talabalar o‘quv yuklamasi hajmini aniqlashning xalqaro shartli birliklarini (kreditlar) o‘tkazish va jamlash tizimini qo‘llagan holda o‘quv jarayonini tashkil etish;
Institutning professor-o‘qituvchilar tarkibini yuqori darajada kasbiy pedagogik mahoratga, huquqiy va siyosiy madaniyatga ega mutaxassislar bilan mustahkamlash;
rivojlangan xorijiy davlatlarning yetakchi ta’lim va ilmiy muassasalari bilan hamkorlikni, qo‘shma huquqiy tadqiqotlarni, professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘zaro almashinuvini faollashtirish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, iqtisodiyotning tegishli sohalari hamda boshqa tashkilotlarda amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassislarni ta’lim jarayoniga keng jalb etish, ularning malakasini oshirishda samarali tizimni yaratish, xorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim, tadqiqot muassasalarining yuqori malakali mutaxassislarini o‘quv, ilmiy-metodik ishlarni tashkil etish jarayonlariga jalb qilish;
tegishli ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv majmualarini, qo‘llanmalarni yaratish va ularni o‘quv jarayonlariga tatbiq etish;
xorijiy hamkorlar bilan birgalikda kadrlarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini (double degree) amalga oshirish, o‘quv-ta’lim jarayoniga xorijiy olimlar va mutaxassislarni faol jalb qilish;
milliy iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari bo‘yicha ustuvorlikka ega bo‘lgan va ishlab chiqarish ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va natijalarini amaliyotga tatbiq qilish;
ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirish va bu ishlarga talabalarni jalb etish;
«HEMIS» platformasini yoki oliy ta’lim tizimini avtomatik boshqarishga qaratilgan boshqa tizimlarni joriy etgan holda ochiq, shaffof, subyektivlik va suiiste’molchiliklardan holi bo‘lgan ta’lim muhitini yaratish;
talabalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, huquqiy, siyosiy madaniyatini va huquqiy ongini oshirish bo‘yicha samarali tizimni yaratish, ularda vatanparvarlik, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni, korrupsiyaga murosasizlik tuyg‘usini shakllantirish hamda rivojlantirish.
- Instituto‘z vazifalarini amalga oshirish maqsadida quyidagi funksiya-larni amalga oshiradi:
davlat ta’lim standartlari asosida mamlakatda o‘tkazilayotgan demokratik va huquqiy islohotlar, fuqarolik jamiyatini shakllantirish va zamonaviy xalqaro standartlarning yuksak talablariga javob beradigan, iqtisodiyotning tegishli sohalari bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tashkil etadi;
huquqiy va siyosiy madaniyatga, amaliy ish tajribasiga, kasbiy va pedagogik mahoratga ega yuqori malakali kadrlarni ta’lim jarayoniga keng jalb etish bo‘yicha choralarni ko‘radi, shuningdek, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
o‘quv jarayonini ta’lim berishning kredit-modul tizimi va innovatsion o‘qitish usullarini qo‘llagan holda umume’tirof etilgan xalqaro ta’lim standartlari va talablariga muvofiq ishlab chiqilgan hamda talabalarda iqtisodiyotning tegishli sohalari bo‘yicha tizimli tahlil qilish qobiliyati va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan ta’lim dasturlari asosida olib boradi;
talabalarning mustaqil tayyorgarligini chuqurlashtirishni hisobga olgan holda ish beruvchilar ehtiyojidan kelib chiqib, tahliliy fikrlash va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan, o‘quv reja va dasturlar hamda o‘quv-metodik materiallarni o‘quv jarayonida qo‘llaydi;
o‘quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llash, talabalar, o‘qituvchilar va yosh tadqiqotchilarni global axborot va ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi;
professor-uqituvchilar tarkibi mehnatini normalashtirishni faqat o‘quv tusdagi tadbirlarga asoslangan holda mustaqil amalga oshiradi hamda pedagogik xodimlar tomonidan ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-metodik, ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlarning bajarilishini rag‘batlantiradi;
Institut tomonidan o‘tkaziladigan tadqiqotlar natijalarini o‘quv rejalari va ta’lim dasturlariga joriy etish uchun fanlarni o‘qitish sifati va darajasini oshirishga yo‘naltirilgan ilmiy va o‘quv-uslubiy materiallar ishlab chiqadi;
tizimli asosda pedagog va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish va stajirovkadan o‘tkazish, ilmiy tadqiqotlar olib borish, ta’lim jarayoniga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish, shuningdek, talabalarning akademik almashinuvini ta’minlash bo‘yicha yetakchi xorijiy ilmiy-ta’lim muassasalari, tahliliy, tadqiqot markazlari, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlaydi;
ijobiy xalqaro tajribani kengroq qo‘llash, shu jumladan, talabalar o‘quv yuklamasi hajmini aniqlashning shartli birliklari (kreditlar)ni o‘tkazish va jamlash tizimini qo‘llaydi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etadi, ularning samaradorligini oshirish va tadqiqotlarning natijalarini amaliyotga keng joriy etish orqali, fan – ta’lim – ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlaydi;
o‘qitishning kredit-modul tizimini va talabalar bilimini baholash usullarini takomillashtirib, o‘quv jarayonida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llaydi hamda o‘quv bazasini takomillashtirib boradi;
rivojlangan xorijiy davlatlarning yetakchi ta’lim va ilmiy muassasalari bilan hamkorlikni, qo‘shma huquqiy tadqiqotlarni, professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘zaro almashinuvini doimiy amalga oshirib boradi;
xorijiy hamkorlar bilan birgalikda kadrlarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini (double degree) mustaqil amalga oshiradi, o‘quv-ta’lim jarayoniga xorijiy olimlar va mutaxassislarni faol jalb qiladi;
falsafa doktori (Doctor of Philosophy) va fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajalarini olish uchun dissertatsiya ishlarini zamonaviy talablar, iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlariga muvofiqligini ta’minlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
o‘z oldida turgan vazifalarni bajarish maqsadida zamonaviy o‘quv va moddiy-texnik bazani yaratadi, o‘quv, ilmiy-tadqiqot bo‘linmalarni, kafedralarni o‘qitishning zamonaviy texnik vositalari, axborot kommunikatsiya tizimlari va dasturiy majmualari bilan ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasining ilmiy va ijodiy salohiyatini rivojlantirishga qodir mutaxassislarni tayyorlashda yuksak iste’dod sohiblariga bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z qobiliyatlarini namoyon etish hamda rivojlantirish, o‘zlaridagi noyob iste’dodni ro‘yobga chiqarish uchun imkoniyatlar yaratadi;
talabalarni jamiyatning to‘laqonli a’zosi, vatanparvar, vijdonan va halol mehnat qiluvchi, o‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishishi uchun kompleks chora tadbirlarni amalga oshiradi;
talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlariga ko‘mak-lashish, ularda milliy g‘urur, vatanparvarlik va fidoiylik tuyg‘ularini shakllantirish choralarini ko‘radi;
ma’naviy, madaniy, milliy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish, kitobxonlikni rivojlantirish, talabalarni milliy va jahon adabiyoti durdonalariga qiziqishini oshirish hamda dunyoqarashini shakllantirishga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshiradi;
Institut xalqaro reytingi va raqobatbardoshligini oshirish maqsadida chet el fuqarolari uchun ta’lim olish imkoniyatini kengaytiradi;
Axborot-resurs markazini huquqiy, ijtimoiy-siyosiy va iqisodiy mazmundagi bosma va kitob mahsulotlari hamda o‘quv, ilmiy va boshqa adabiyotlar, jumladan xorijiy adabiyotlar fondi, o‘qitishning texnik vositalari, shuningdek, global axborot-huquqiy va ta’lim resurslarini muntazam yangilab borishni ta’minlaydi.
III. Institutning talabalari, tinglovchilari va izlanuvchilari
- a) Talabalar:
- Institutga talabalarni qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) natijalariga ko‘ra to‘plangan ballarning reyting tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Institutga qabul barcha uchun (grant, to‘lov-kontrakt bo‘yicha) teng huquqli-lik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtixonlarda eng yuqori ball to‘plagan abiturientlarning davlat grantlari bo‘yicha birinchi navbatda qabul qilinish huquqi ta’minlanadi. Qolgan abiturientlar test ballari ketma-ketligi asosida belgilangan to‘lov-kontrakt kvotalari doirasida qabul qilinish huquqiga egadirlar. Qonunchilikka muvofiq test sinovlarisiz muayyan imtiyoz asosida o‘qishga qabul qilish o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Xorijiy fuqarolarni o‘qishga qabul qilish amaldagi qonunchilikqa binoan amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi 606-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi ta’limni olish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar Muassasada ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olish uchun to‘lov-kontrakt (shartnoma) asosida o‘qishga qabul qilinishi mumkin.
Ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olish uchun abiturientlar qabulini Institutqabul komissiyasi amalga oshiradi.
Qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kirish sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan hamda to‘lov-kontrakt kvotalari doirasida to‘lov-kontrakt shartlarini bajargan abituriyentlar o‘qishga qabul qilinish huquqiga egadirlar.
Institutrektorining buyrug‘i bilan o‘qishga qabul qilingan shaxs institutning talabasi hisoblanadi. Talabaga talabalik guvohnomasi hamda reyting daftarchasi bepul beriladi.
- Talabalar quyidagi huquqlarga ega:
fan, texnika, zamonaviy texnologiyalar taraqqiyoti va yutuqlariga mos bilim olish;
Institutaxborot resurs markazida mavjud bo‘lgan kitoblar, davriy nashrlar, elektron ta’lim vositalaridan belgilangan tartibda bepul foydalanish;
bepul maslahatlar va tavsiyalar olish;
auditoriyalar, ta’lim jarayoniga oid vositalardan o‘rnatilgan tartibda bepul foydalanish;
ta’lim jarayoni samaradorligi va ta’lim sifatini oshirish yuzasidan o‘z taklif-mulohazalarini, tanqidiy fikrlarini belgilangan tartibda ta’lim muassasasi, fakultet va kafedra raxbariyatiga bildirishga va ularni ko‘rib chiqilishini talab qilish;
muassasa va fakultet miqyosida o‘tkaziladigan ommaviy tadbirlarda ishtirok etish;
ilmiy tadqiqot ishlarining barcha turlarida, ilmiy konferensiyalar, simpoziumlarda ishtirok etish, ularning natijalarini nashr etish va bu haqda axborotlar berish;
Institutda qonuniy ravishda faoliyat yuritayotgan jamoat birlashmalariga a’zo bo‘lish va ular ishida qatnashish;
o‘qishdan tashqari vaqtlarda ma’naviy-ma’rifiy, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va boshqa qonunchilikka zid bo‘lmagan jamoat ishlarida ishtiroq etish;
o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida Muassasaning o‘zida, shuningdek, boshqa joylarda mehnat qonunchiligiga muvofiq ishlash;
yetakchi xorijiy ta’lim muassasalarida akademik almashinuvda ishtirok etish.
Talaba sifatli va yuqori saviyada bilim olishi, tanlagan ixtisosligi bo‘yicha yuqori malakali mutaxassis bo‘lib yetishish uchun zarur bo‘lgan qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa huquqlardan foydalanishi mumkin.
Talaba o‘z huquqlarini suiiste’mol qilmasligi, bu huquqlardan o‘zga shaxslar manfaatiga zid maqsadlarda foydalanmasligi shart.
- Talabalarining majburiyatlari quyidagilar:
o‘quv reja va dasturlar talablarini belgilangan muddatlarda bajarish hamda bilimlarni egallash;
mazkur Ustav, Institutichki tartib-qoidalari, Odob-axloq kodeksi, Talabalar turar joyi qoidalari va korrupsiyaga qarshi kurashish dasturiga rioya etish;
Institutbinolari va uning boshqa mol-mulkini asrab-avaylash, to‘lov-kontrakt bo‘yicha majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish;
Vatanga va xalqiga halol xizmat qilishga tayyor, yuqori bilimli mutaxassis bo‘lib yetishish uchun puxta bilim olish, o‘z kasbiy salohiyatini rivojlantirish;
ta’lim olish jarayonida jamiyatning axloqiy tamoyillariga, ma’naviy qadriyatlariga, qonun talablariga, o‘zaro munosabatlarning yuksak talablariga javob beruvchi qoidalarga qat’iy amal qilish;
tanlagan ixtisosligi bo‘yicha chuqur nazariy bilim olish va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish;
o‘quv jarayoni talablariga bo‘ysunishi, o‘quv mashg‘ulotlarini uzrli sababsiz qoldirmaslik, darslarga kech qolib kelmaslik, dars mashg‘ulotlari yakunlanmasdan avval ketib qolmaslik;
ta’lim jarayoni bilan bog‘liq vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, o‘qituvchilarning fanni o‘zlashtirish bilan bog‘liq topshiriqlarini o‘z vaqtida va talab darajasida bajarish, mashg‘ulotlarga zarur o‘quv qurollari bilan kelish;
tegishli kafedra va fakultet bilan mustahkam aloqada bo‘lish, fakultet rahbariyatining qonuniy topshiriqlarini o‘z vaqtida bajarish;
bilimlarni egallashda tashabbus va g‘ayrat ko‘rsatish, loqaydlikka yo‘l qo‘ymaslik;
barcha bilan xushmuomalada bo‘lish;
Institutmol-mulkiga ehtiyotkor va tejamkor munosabatda bo‘lish, ularga qasddan yoki ehtiyotsizlikdan ziyon yetkazmaslik, ziyon yetkazilgan taqdirda moddiy zarar o‘rnini o‘rnatilgan tartibda qoplash, moddiy ashyolarni auditoriyadan yoki binodan tashqariga ruxsatsiz olib chiqmaslik;
bino ichida, yo‘laklarda, auditoriyalarda sanitariya qoidalariga rioya qilishi, ifloslantirmasligi, alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi va iste’mol qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik;
kiyinish madaniyatiga rioya qilish, xususan tashqi ko‘rinishi va yomon hulq-atvori bilan boshqalardan ajralib turmasligi, axloq-odob normalariga so‘zsiz bo‘ysunishi;
o‘quv mashg‘ulotiga kelmagan holatda (shu jumladan, kasalligi tufayli) uch kundan kechikmasdan bevosita o‘zi yoxud biriktirilgan tyutori orqali dekanatni tegishli ravishda, xususan yozma tarzda xabardor qilish, qatnashmaslik sabablarini ko‘rsatish;
xorijiy tashkilotlar grantlarida qatnashgani taqdirda bu haqda fakultet dekanini xabardor qilish, grant bilan bog‘liq holda chet elga jo‘nab ketishdan avval o‘rnatilgan tartibda ruxsat olish;
o‘z ilmiy, ma’naviy-axloqiy, g‘oyaviy-siyosiy saviyasini muntazam oshirib borishi, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalardagi islohotlar va yangilanishlardan xabardor bo‘lish;
o‘quv intizomiga, Muassasa kengashi qarorlari, rektor buyruqlari hamda ta’lim tizimiga doir normativ-huquqiy hujjatlarda quyilgan maqsad va vazifalarga, shuningdek, o‘zining majburiyatlariga rioya etish.
Talabalarga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
- Instituthududida talabalarga quyidagilar taqiqlanadi:
alkogol va tamaki mahsulotlarini tarqatish va iste’mol qilish;
milliy, irqiy, diniy adovatni targ‘ib qiluvchi har qanday shakldagi material-larni tayyorlash, saqlash, tarqatish va targ‘ib qilish;
Institutbinolari va hududidagi moddiy-texnik, boshqa mol-mulkka zarar yetkazish;
o‘qish vaqtida Institutma’muriyati ruxsatisiz chet el davlatlariga borish.
- O‘qish davrida o‘quv va ilmiy-tadqiqot faoliyatida yuqori ko‘rsatkich-larga ega bo‘lgan talabalar Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari, shuningdek, xalqaro va xorijiy tashkilotlar grantlari hisobiga hamda Institutning xorijiy hamkorlari bilan shartnomalari asosida yetakchi xorijiy ta’lim muassasalariga talabalarning akademik almashinuvi doirasida o‘qishga yuborilishi mumkin.
Talabalarning akademik almashinuvini ta’minlash bo‘yicha yetakchi xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Muassasada xorijiy mamlakatlarning talabalari ham o‘z o‘qishini davom ettirishi mumkin.
- Davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishning ishlab chiqarish-dan ajralgan shaklida ta’lim olayotgan talabalar Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartib va miqdorda stipendiya bilan ta’minlanadilar (xorijiy talabalar bundan mustasno).
Talabalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari va Institutning maxsus stipendiyalarini olish huquqiga egadirlar.
- Harbiy xizmatni o‘tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish, oilasining betob a’zosini (otasi, onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, turmush o‘rtog‘i, farzandi) parvarish qilish uchun talabaga akademik ta’til berilishi mumkin. Ushbu ta’tilni berish tartib-qoidalari Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 344-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish to‘g‘risidagi Nizomda belgilangan.
- O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq kunduzgi o‘quv shaklida ta’lim olayotgan talabalarga Institutda o‘qiyotgan vaqti davomida harbiy xizmatga chaqirish muddatini kechiktirish imkoni beriladi.
- Institutning Talabalar turar joyi sig‘imidan kelib chiqqan holda muhtoj talabalar muassasa talabalar turar joylaridan sanitariya me’yorlari va qoidalariga javob beradigan joy bilan ta’minlanadi.
Talabalar turar joyi uchun to‘lov talabalar turar joylarida kommunal-maishiy xizmatlar uchun to‘lovlarni inobatga olib, Institut Kengashi tomonidan belgilanadi.
Turar joyga muhtoj talabalar mavjud bo‘lgan holda, oliy ta’lim muassasasining talabalar turar joylari maydonidan boshqa maqsadlarga foydalanish (ijaraga berish, boshqa kelishuvlar)ga ruxsat etilmaydi.
- Institutdan chetlashtirilgan talaba Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi va qoidalari asosida qayta o‘qishga tiklanish huquqiga ega.
Institutning talabalari belgilangan tartib va qoidalar asosida boshqa oliy ta’lim muassasalariga o‘qishlarini ko‘chirish (o‘qishga qayta tiklanish) huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi hududida ta’lim faoliyatini olib borish uchun litsenziyaga ega bo‘lmagan nodavlat oliy ta’lim muassasalari va boshqa mamlakatlar oliy ta’lim muassasalarining filiallari (markazlar, bo‘limlar, o‘quv-maslahat punktlari va boshqalar)dan talabalarni Muassasaga o‘qishini ko‘chirish (o‘qishga tiklash) taqiqlanadi.
Talabalar o‘qishini bir oliy ta’lim muassasasidan boshqasiga ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi va qoidalari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi (bundan chet el fuqarolarining o‘qishini xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan Institutga ko‘chirish mustasno).
- O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida nazarda tutilgan hollar-dan tashqari, talabalarni o‘qish vaqti hisobidan ta’lim jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb etish man etiladi.
- Talaba o‘ziga yuklatilgan majburiyatlarni buzgan taqdirda unga nisbatan hayfsan va talabalar safidan chetlatish intizomiy jazo choralari qo‘llaniladi.
- Talaba Institutdan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin:
- a) o‘z xohishiga binoan;
- b) o‘qishning boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilishi munosabati bilan;
- v) o‘quv intizomini va oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun;
- g) bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
- d) o‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun);
- ye) talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
- j) sud qaroriga ko‘ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (ushbu holatda talabalar safidan chetlashtirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi);
- z) vafot etganligi sababli.
- Belgilangan muddatlarda fanlarni o‘zlashtira olmagan (akademik qarz-dor bo‘lgan) talaba Institut rektori buyrug‘i bilan kursdan qoldiriladi. Akademik qarzdorligi tufayli kursdan qoldirilgan talaba to‘lov-kontrakt asosida o‘qishini quyi kursdagi o‘quv semestri boshidan boshlashi mumkin.
Institutda kredit-modul tizimida o‘qiyotgan talabalariga nisbatan Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 8-bobi qoidalari qo‘llaniladi.
- Institut ma’muriyati tashabbusi bilan ushbu Ustavning 23-bandi “v” kichik bandigako‘ra chetlashtirilayotgan holda, ta’lim muassasasining Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti bilan ham kelishilishi mumkin.
- Intizomiy jazoga tortilayotgan talaba o‘ziga qo‘llanilgan jazo chorasi-ning qonuniyligi va adolatliligi yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat bilan Muassasa rektoriga, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yoki boshqa vakolatli tashkilotlarga murojaat etishi mumkin.
Talabaga nisbatanqo‘llanilganintizomiy jazo yuzasidan ma’lumot uning shaxsiy yig‘ma jildida saqlanadi.
Talaba Institutdan chetlashtirilganda, unga shaxsiy hujjatlari, belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma topshiriladi va ularning nusxasi shaxsiy yig‘ma jildda saqlanadi.
Intizomiy jazo choralar talabalarning kasallik yoki ta’tilda bo‘lgan vaqti hisobga olinmagan holda xatti - harakat aniqlangandan so‘ng bir oydan va hatti-harakat sodir etilganidan so‘ng olti oydan kechiktirilmay qo‘llaniladi. Talabalar kasallik paytida, akademik ta’til yoki homiladorlik va tug‘ish holati bilan bog‘liq bo‘lgan ta’til paytlarda talabalarga intizomiy jazo choralarini ko‘rish taqiqlanadi.
Talaba kasal bo‘lganligi o‘zi yoki uning ota-onasi tomonidan yozma ariza bilan bevosita dekanatga, odatda, uch kundan kechiktirilmasdan ma’lum qilinadi va tibbiy ma’lumotnomaning aslini taqdim etadi.
b) Tinglovchilar:
- Institut huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy yoki tarmoq markazida o‘qiyotgan shaxslar tinglovchilar hisoblanadi.
Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibi, tinglovchilarni o‘qitish shartlari va huquqlari qonun hujjatlariga muvofiq tegishli normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi.
v)Tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilar:
- Institutda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan, ishlab chiqarishdan ajralgan holda mutaxassislikni chuqur o‘rganish va doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash hamda himoya qilish maqsadida ilmiy izlanishlar olib borish bo‘yicha falsafa doktori (Doctor of Philosophy) va fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajalari izlanuvchilari uchun tashkil etilgan oliy ta’limdan keyingi ta’limda o‘qiyotgan fuqaro tayanch doktorant va doktorant hisoblanadi.
Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur o‘rganish va ular tomonidan ilmiy izlanishlar bo‘yicha falsafa doktori (Doctor of Philosophy) va fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajalari izlanuvchilari uchun tashkil etilgan oliy ta’limdan keyingi ta’limda o‘qiyotgan fuqaro mustaqil izlanuvchi hisoblanadi.
Tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilarni o‘qitish shakllari va muddatlari, ularni qabul qilish hamda faoliyatini tashkil etish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
- O‘quv-tarbiyaviy va ilmiy-uslubiy ishlar
- Institut mutaxassisliklar bo‘yicha quyidagi ta’lim turlari asosida o‘qitishni amalga oshiradi:
oliy ta’lim;
oliy ta’limdan keyingi ta’lim;
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.
Institut oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlanishini ta’minlaydi.
Institutda, umumiy o‘rta (o‘n bir yillik ta’lim), o‘rta maxsus (to‘qqiz yillik tayanch o‘rta va ikki yillik o‘rta maxsus ta’lim), boshlang‘ich professional ta’lim (to‘qqiz yillik tayanch o‘rta va ikki yillik boshlang‘ich professional ta’lim) olgan shaxslar, shuningdek,“Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ–637-son Qonun kuchga kirgu-niga qadar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi (to‘qqiz yillik umumiy o‘rta va uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi) olgan shaxslar oliy ma’lumot oladi.
Institutta’limning asosiy ta’lim dasturlarini ikki bosqichda amalga oshiradi: bakalavriat va magistratura.
Bakalavriat oliy ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha chuqurlashtirilgan bilim, malaka va ko‘nikmalar beradigan, o‘qish davomiyligi kamida uch yil bo‘lgan tayanch oliy ta’limdir.
Bakalavr dasturini tugatgan bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakunlari bo‘yicha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha «bakalavr» darajasi beriladi hamda davlat namunasidagi diplom topshiriladi.
Magistratura tegishli bakalavriat negizidagi aniq mutaxassislik bo‘yicha o‘qish davomiyligi kamida bir yil bo‘lgan oliy ta’limdir.
Magistratura mutaxassisliklarining va ularga muvofiq bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining ro‘yxati ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organi tomonidan belgilanadi.
Magistr dasturini tugatgan bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakunlari bo‘yicha tayyorlangan muayyan mutaxassislik bo‘yicha «magistr» darajasi beriladi va davlat namunasidagi diplom topshiriladi.
Bakalavr va magistrlik davlat namunasidagi diplom uning egalariga kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanish yoki tanlangan ta’lim yo‘nalishiga va mutaxassisligiga muvofiq ta’lim muassasalarining navbatdagi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish yoki egallagan mutaxassisligi bo‘yicha ishlash huquqini beradi.
Oliy ta’limning turli bosqichida asosiy ta’lim dasturlari bo‘yicha dastlabki ta’lim olish, ikkinchi oliy ta’lim olish sifatida qaralmaydi.
- Institutda ta’lim jarayonini tashkil etish, Institut tomonidan ishlab chiqilgan va kasbiy standartlar asosida tasdiqlangan o‘quv rejalar, o‘quv dasturlari, malaka talablari, Institutrektori (o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor) tomonidan tasdiqlanadigan yillik kalendar o‘quv jadvali hamda mashg‘ulotlar jadvali bilan tartibga solinadi.
Ta’lim jarayonini maqsadli yo‘naltirish yo‘li bilan tashkil etish, ya’ni ta’lim shakllari, uslub va vositalarni tanlash yo‘li bilan muassasa talabalariga oliy ta’limning asosiy kasbiy ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish uchun zaruriy sharoitlarini yaratib berilishi lozim.
- Institutda o‘quv mashg‘ulotlarining quyidagi asosiy turlari belgilangan: ma’ruza, konsultatsiya, seminar, amaliy mashg‘ulot, laboratoriya ishi, yakka mashg‘ulot (amaliy ijrochilik bilan bog‘liq bo‘lgan san’at yo‘nalishlarida), nazorat ishi, kollokvium, mustaqil ish, amaliyot, kurs loyihasi (kurs ishi), bakalavrlik bitiruv malakaviy ishi hamda magistrlik dissertatsiyasi.
Auditoriya mashg‘ulotlarining barcha turlari uchun 80 daqiqalik (tanaffussiz qo‘shma ma’ruza) akademik soat belgilangan. O‘quv mashg‘ulotlari orasidagi tanaffus kamida 10 daqiqa bo‘ladi.
Ta’lim va tarbiya olib boriladigan tillar: o‘zbek, rus va ingliz tillari hisoblanadi.
- Institutda kadrlar tayyorlash ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda olib boriladi.
Institutning asosiy kasbiy ta’lim dasturi doirasida ta’lim olishning barcha shakllari uchun o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan davlat ta’lim standarti qo‘llaniladi.
- Institutda o‘quv yili ikki semestrga bo‘linadi va uning har birida talabalarning o‘zlashtirishi kurslar kesimida 5 baholik (2020/2021 o‘quv yiliga qadar qabul qilingan talabalar uchun) va kredit-modul tizimi (2020/2021 o‘quv yilidan boshlab qabul qilingan talabalar uchun)da olib boriladi.
Fanlarni o‘zlashtirgan talabalarni kursdan kursga o‘tkazish fakultet dekanining tavsiyasiga binoan rektor buyrug‘i bilan amalga oshiriladi. Talabalarni kursdan kursga shartli o‘tkazish mumkin emas.
Institutning ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish, Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi Nizom (ro‘yxat raqami 3069, 2018-yil 26-sentabr) va Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomiga muvofiq tartibga solinadi.
Institutda bitiruvchilarning yakuniy attestatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi Nizom (ro‘yxat raqami 1963, 2009-yil 5-iyun) qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
- Institutda ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari, ta’limni indivi-duallashtirish va mustaqil ta’lim olish vositalarini, modul tizimi hamda masofaviy ta’lim berishni qo‘llash hisobiga mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishga yo‘naltirilgan ilmiy-uslubiy ishlar amalga oshiriladi.
- Institutda oliy ta’limdan keyingi ta’lim doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tasdiq-langan “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar mutaxassisliklari ro‘yxati”ga muvofiq ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, shuningdek, fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalar tayyorlash va himoya qilish uchun oliy ta’lim muassasasiga doktorant va mustaqil izlanuvchilarni biriktirish ishlari amalga oshiriladi.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish to‘g‘risida”2019-yil 27-avgustdagi PF-5789-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadr-larining malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”2019-yil 23-sentabrdagi 797-son qaroriga muvofiq kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha kasbiy ta’lim dasturlari amalga oshiriladi.
- Institut huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida Attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilariga qat’iy hisobda turadigan davlat namunasidagi hujjat hisoblanadigan malaka attestati beriladi.
- Institutda Kengash tomonidan tasdiqlangan mavzular, rejalar bo‘yicha bajariladigan ishlarning sifati hamda mehnat xavfsizligi ta’minlangan holda talabalar, magistrantlar, katta ilmiy xodim izlanuvchi va mustaqil izlanuvchilar keng jalb etilib, ilmiy-tadqiqot va ijodiy ishlar olib boriladi.
V.Institutning professor-o‘qituvchilari tarkibi, o‘quv-yordamchi va ma’muriy-xo‘jalik xodimlari (personali)
- Institutda professor-o‘qituvchilar tarkibi, ilmiy xodimlar, muhandislik - texnika, ma’muriy-xo‘jalik, ishlab chiqarish, o‘quv-yordamchi va boshqa xizmatchilar lavozimlari mavjud.
Professor-o‘qituvchilar tarkibiga kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi (assistent) va o‘qituvchi-stajor lavozimlari kiradi.
- Professor-o‘qituvchilar tarkibidagi lavozimlarga ishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayot-gan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-son qaroriga muvofiq tegishli kafedraning kengaytirilgan ochiq majlisida pedagog kadrlar va jamoatchilik kengashining a’zolari ishtirokida sinov darsi o‘tkazish natijalari bo‘yicha ushbu majlisning tavsiyasiga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevraldagi 20-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy talim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq tanlov asosida mehnat shartnomasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
- Institutning professor-o‘qituvchilar bilan mehnat shartnomasini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish amaldagi mehnat qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
- Professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar quyidagi huquqlarga ega:
belgilangan tartibda oliy ta’lim muassasasi va fakultet Kengashlariga saylash va saylanish;
Institutning faoliyatiga taalluqli masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish;
Institutning axborot-resurs markazi, o‘quv va ilmiy bo‘linmalarning xizmatlaridan, shuningdek, ijtimoiy-maishiy, tibbiy va boshqa bo‘limlar xizmati-dan jamoa shartnomasiga muvofiq foydalanish;
o‘qitishning uslub va vositalarini tanlash, o‘quv va ilmiy jarayonning yuqori sifatini ta’minlovchi ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
Institutrahbariyatining buyruq va farmoyishlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda murojaat qilish;
qonunchilikda belgilangan tartibda tanlovlarda qatnashish, lavozimlarni egallash;
xorijiy hamkasblarning sohaga doir ilmiy va o‘quv-uslubiy adabiyotlari bilan tanishish va ular bilan fikr almashish;
nazariy bilimlarini amaliy tajribasini, ilmiy tadqiqot olib borish uslubini, pedagogik mahoratini takomillashtirib borish;
talabalarning ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, fundamental, amaliy va innovatsiya loyihalari, xorijiy ilmiy loyihalar hamda xo‘jalik shartnomalarida ishtirok etish;
darslik va o‘quv qo‘llanmalar tayyorlash, monografiya va ilmiy maqolalar yozish, ixtiro uchun patent, EHM uchun dasturiy mahsulotlarga guvohnomalar olish;
tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, ilmiy-tadqiqot ishlarining muhokamasida ishtiroq etish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, ilmiy ishlar natijalarini nashr etishga tavsiya berish;
ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlashda qatnashish;
xorijiy yetakchi olimlar, ilmiy markazlar va ta’lim muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirishda ishtiroq etish;
O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasiga oid qonunchiligida belgilangan boshqa huquqlardan foydalanish.
- Professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlarning majburiyatlari quyidagilardan iborat:
ta’lim to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari, mehnat va texnologiya intizomi, muassasa Ustavi, Ichki mehnat-tartib qoidalari, Odob-axloq kodeksiga va korrupsiyaga qarshi kurashish dasturiga qat’iy rioya qilish;
o‘zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish va o‘qituvchilik sha’niga dog‘ tushirmaslik;
ish jarayonida muloqat qiladigan Institut xodimlari, talabalari va boshqa shaxslar bilan xushmuomalada bo‘lish;
ish beruvchining qonuniy buyruq va farmoyishlarini bajarish, har yili tasdiqlanadigan shaxsiy reja asosida o‘quv-uslubiy, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, xususan:
- a) o‘quv yuklamalari hajmini, o‘quv-uslubiy, ilmiy, o‘quv-tashkiliy ishlarni tasdiqlangan shaxsiy reja asosida bajarish va ma’naviy-ma’rifiy ishlarda ishtirok etish;
- b) ilmiy-tadqiqot natijalari bo‘yicha darslik, o‘quv qo‘llanma tayyorlash, o‘quv adabiyot, ilmiy maqolalar, monografiyalar yozish, ixtiro uchun patent, EHM uchun dasturiy mahsulotlarga guvohnomalar olish;
- v) ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlashda qatnashish, talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
- g) tarbiyaviy ishlarni olib borish, talabalar bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlarda bevosita ishtirok etish, shu jumladan darsdan tashqari vaqtlarda o‘tkaziladigan tadbirlarda qatnashish;
- d) Institutkengashi tomonidan tasdiqlangan kafedrada bajariladigan ilmiy mavzular doirasidagi tadqiqotlarda ishtirok etish;
e) o‘z malakasini uch yilda bir marta oshirish;
mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalariga rioya qilish;
institutning mol-mulkini avaylash, undan oqilona foydalanish;
ish beruvchiga bevosita o‘zining aybi bilan yetkazilgan haqiqiy moddiy zararni qoplash;
institutning jamoatchilik ishlarida qatnashish;
pedagogik va ilmiy jarayonning samaradorligini ta’minlash;
zamonaviy globallashuv va demokratiya sharoitida ta’lim oluvchi-larning tanlagan yo‘nalishi(mutaxassisligi) bo‘yicha yuksak kasbiy tayyor-garligini, mehnatga bo‘lgan qobiliyatini shakllantirish;
chet tili va axborot texnologiyalaridan savodxonligini oshirib borish asosida kamida bir yoki ikkita xorijiy tilni bilishi;
ta’lim oluvchilarda mustaqil fikrlash, tashabbuskorlik, ijodiy qobiliyatni shakllantirish;
“Ustoz-shogird” tizimida ishtirok etib, o‘ziga biriktirilgan shogirdlar bilan ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish;
o‘zining odobi, madaniyati, ma’naviy saviyasi bilan o‘rnak bo‘lish;
kiyinish madaniyatiga rioya etish;
respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar va jahonda ro‘y berayotgan yangiliklardan xabardor bo‘lish;
Institut, fakultet, kafedra tomonidan tashkil etiladigan madaniy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etish;
o‘zi o‘qitadigan fan dasturini muntazam fan va texnika yutuqlari asosida boyitib borish;
darslarni yuqori saviyada o‘tish;
fan yo‘nalishiga tegishli yangi manbalarni topish va ular bilan talabalarni tanishtirib borish;
har o‘quv yili boshlangunga qadar o‘zi o‘qitadigan fan(lar)ning ishchi o‘quv dasturi, kalendar rejasi va reyting nazoratlari jadvalini ishlab chiqish va kafedra majlisida tasdiqlatish;
reyting tadbirlarini o‘z vaqtida o‘tkazish;
talabalar bilimini xolisona baholash;
yangi pedagogik texnologiyalarni dars jarayonida qo‘llash;
ilmiy salohiyat va pedagogik mahoratini oshirish;
talabalar ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
o‘zining mutaxassisligi bo‘yicha ishlab chiqarish korxonasi va muassasa-larda mavjud muammolar haqida ma’lumot va tasavvurlarga ega bo‘lishi hamda ishlab chiqarish jarayonida mavjud muammolarning yechimiga oid tadqiqot mavzusiga ega bo‘lish;
olib borayotgan tadqiqot mavzusi asosida o‘z yoki hammualliflikdagi ishlanma va texnologiyalarga ega bo‘lishi;
mutaxassisligi bo‘yicha tayanch oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalarida tegishli muddatlarda malaka oshirib borishi yoki stajirovkadan o‘tishi;
oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarda faol qatnashish.
- Institut professor-o‘qituvchilar tarkibini uch yilda kamida bir marotaba malakasini oshirish kafolatini ta’minlaydi.
- Institutning ma’muriy-xo‘jalik, muhandislik-texnika, o‘quv-yordamchi va boshqa xodimlarining huquq va majburiyatlari oliy ta’lim muassasasining Ichki tartib qoidalari, Odob-axloq kodeksi, korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi va lavozim yo‘riqnomalari bilan belgilanadi.
VI. Muassasaning tarkibi
- Institutning tuzilmasiga Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga (ro‘yxat raqami 2859, 2017-yil 21-fevral) muvofiq belgilangan tartibda qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish mumkin bo‘lgan fakultetlar, kafedralar, ilmiy va o‘quv laboratoriyalari, boshqarmalar, bo‘limlar, markazlar va muzeylar kiradi.
- Institut fakultetlarini rektor tomonidan tayinlanadigan dekan boshqaradi. Dekan lavozimida ishlovchi shaxs mustaqil shtat lavozimida ishlovchi shaxs hisoblanadi va uning o‘rindoshlik tartibida egallashga ruxsat etilmaydi.
Fakultet dekani o‘z faoliyatida mazkur Ustavga, “Oliy ta’lim muassasasining fakulteti to‘g‘risidagi Nizom”ga amal qiladi.
“Oliy ta’lim muassasasining fakulteti to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq fakultetda Kengash tashkil etilishi mumkin.
Kengashning tarkibi, vakolatlari, shakllantirish va faoliyatining tartibi “Oliy ta’lim muassasasi fakultetining Kengashi to‘g‘risida”gi Nizom bilan belgilanadi.
Kafedra faoliyatiga Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevraldagi 20-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy talim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq tanlov asosida Institutning Kengashi tomonidan saylanadigan mudir rahbarlik qiladi.
Kafedra mudirining vakolatlari va kafedra faoliyatiniig tartibi “Oliy ta’lim muassasasining kafedrasi to‘g‘risidagi Nizom” bilan belgilanadi.
- Institut huzurida yuridik shaxs hisoblangan akademik litsey, texnikumlar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqa-viy markazi faoliyat yuritadi.
Institut tasarrufidagi akademik litsey va texnikumlar mustaqil yuridik shaxs hisoblanib, o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq hamda o‘z Ustavi asosida amalga oshiradi.
- Institut huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-sentabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 278-son qaroriga muvofiq faoliyat ko‘rsatadi.
VII.Institutni boshqarish
- Institutni boshqarish O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun-chiligi hamda ushbu Ustavga muvofiq yakka rahbarlik va institutning Kengashiorqali jamoatchilik boshqaruvini uyg‘unlashtirish tamoyili asosida amalga oshiriladi.
- Institutni bevosita boshqarish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi PQ-4391-son qaroriga muvofiq,Oliy ta’lim, fan va innova-tsiyalar vazirining tavsiyasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda, Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Muassasa rektori tomonidan amalga oshiriladi.
Rektor Institut faoliyatiga, shuningdek, Ish reglamenti, Ichki tartib qoidalar, Odob-axloq kodeksi, Oliy ta’lim to‘g‘risidagi Nizom hamda mazkur Ustavda belgilangan majburiyatlar uchun to‘la mas’uldir.
Rektor O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga ko‘ra,Institut nomidan ishonchnomasiz ish olib boradi, barcha idoralar, muassasalar, korxona-larda uning vakili sifatida qatnashadi, Institutning mol-mulkiga mas’ullik qiladi, shartnomalar tuzadi, ishonchnomalar beradi, bank muassasalarida Institutning hisob raqamlarini ochadi, moliyaviy mablag‘lardan o‘rnatilgan tartibda foydalanish bo‘yicha farmoyishlar beradi.
- Institutrektori vakolati doirasida:
Institutning professor-o‘qituvchilari, barcha xodimlari, talabalari va boshqa ta’lim olayotganlar uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi va topshiriqlar beradi;
fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari, bosh hisobchini, o‘z nomenklatura-sidagi boshqa xodimlarni lavozimiga tayinlaydi hamda lavozimdan ozod qiladi va ularning muayyan vazifalari, mas’uliyatlarini belgilaydi;
akademik litsey va texnikumlar faoliyatidagi ishning tashkil etilishi ustidan o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha prorektorlar kuratorligi-rahbarligi vazifalarini belgilaydi;
Institut prorektorlari lavozimiga nomzodlarni tavsiya etadi va prorektorlar, dekanlarning muayyan vazifalari hamda mas’uliyatlarini belgilaydi;
Institut xodimlari bilan O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzadi, o‘zgartiradi va bekor qiladi;
Institut tarkibiga kirgan ilmiy tadqiqot, tajriba-eksperimental hamda boshqa tashkilot va bo‘limlarning vazifalarini belgilaydi, ular to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
Institut xodimlarining lavozim maoshlariga ustamalar va qo‘shimchalarni o‘rnatilgan tartibda belgilaydi;
kasaba uyushma qo‘mitasi yoki Institutning boshqa vakolatli organi bilan kelishgan holda Ichki tartib qoidalari va Odob-axloq kodekslarini tasdiqlaydi;
Institutda Namunaviy shtat birliklariga muvofiq ajratilgan mablag‘lar hamda ish haqi fondi, tasdiqlangan Institut xodimlarining soni va lavozim maoshlari, ta’rif setkasi doirasida Institut professor-o‘qituvchilari tarkibi va Institutning boshqa xodimlarining shtat birligini tasdiqlaydi hamda lavozim maoshlarini belgilaydi;
InstitutKengashining tavsiyasiga ko‘ra o‘rnatilgan tartibda tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq fakultetlarni, kafedralarni ochish yoki yopish qarorlarini tasdiqlaydi. Oliy ta’lim muassasasi kafedrasi to‘g‘risida namunaviy Nizom talablaridan kelib chiqqan holda Institut Kengashining tavsiyasiga ko‘ra, kafedralar tashkil etiladi yoki tugatiladi.
O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi hamda ta’lim jarayonini boshqarish bo‘yicha qonun hujjatlariga muvofiq va vakolatli organlar tomonidan belgilangan boshqa vazifalar ijrosini ta’minlaydi.
Institut rektoriga o‘zi ishlayotgan oliy ta’lim muassasasi va undan tashqarida haq to‘lanadigan boshqa rahbarlik lavozimida (ilmiy va ilmiy - metodik rahbarlikdan tashqari) o‘rindoshlik bo‘yicha ishlashga ruxsat etilmaydi. Rektor o‘z vazifalarini o‘rindoshlik bo‘yicha bajarishi mumkin emas.
- Oliy ta’lim to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq Institut faoliyatining asosiy masalalarini ko‘rish uchun Kengash tashkil etiladi.
Kengash tarkibiga rektor, prorektorlar, fakultetlar dekanlari hamda kafedra-lar mudirlari, bo‘lim boshliqlari, Institut xodimlari, kasaba uyushmasi kengashi vakillari kiradi. Rektor Kengash raisi hisoblanadi. Kengashning boshqa a’zolari umumiy majlisda (konferensiyada) yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi.
Professor-o‘qituvchilar tarkibidan Kengashga saylanadiganlar soni rektor buyrug‘i bilan belgilanadi.
Kengashning vakolati, uni saylash va faoliyat yuritish tartibi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasasining Kengashi to‘g‘risida namunaviy Nizom bilan belgilanadi.
- Institutda falsafa doktori (Doctor of Philosophy) va fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy kengashlar faoliyati tashkil etilishi mumkin.
VIII. Jamoat tashkilotlari
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi
PQ-3775-son qaroriga muvofiq institutda samarali jamoatchilik nazoratini joriy etish maqsadida talabalar, ota-onalar, Yoshlar ittifoqining institutdagi faollari, kadrlar buyurtmachilari, professor-o‘qituvchilar hamda fuqarolik jamiyati institut-lari vakillaridan iborat tarkibda Jamoatchilik kengashi tashkil etiladi.
Jamoatchilik kengashlarining asosiy vazifalari:
ta’lim sifati, professor-o‘qituvchilarning bilimi va pedagogik mahorati, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar ustidan tizimli ravishda monitoring o‘rnatish;
Institutga professor-o‘qituvchilar tarkibiga ishga qabul qilinayotgan nomzodlar bo‘yicha tavsiyalar berish;
talabalarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, ularning pedagog kadrlar haqidagi fikrini to‘liq o‘rganish maqsadida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish;
Institutdagi ta’lim jarayonini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash va muassasaning tegishli kengashi muhokamasiga kiritish.
- Institutda kasaba uyushmasi va boshqa jamoatchilik tashkilotlari faoliyat ko‘rsatadi.
Professor-o‘qituvchilar va xodimlarning mehnat huquqi va manfaatlarini himoya qilish maqsadida kasaba uyushmasi markaziy kengashi hamda ularning institutda saylangan vakili amaldagi qonunchilik asosida o‘z ish faoliyatini olib boradi.
- Moliya-xo‘jalik faoliyati va moddiy-texnik bazasi
- Institutga ushbu Ustavda nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadida operativ boshqarish huquqi bilan davlat (ta’sischi) tomonidan binolar, inshootlar, mulkiy majmualar, institutning pasportiga muvofiq asbob-uskunalar, shuningdek, iste’mol, ijtimoiy, madaniy va boshqa maqsadlar uchun zarur bo‘lgan mulklar biriktirilgan.
Institut Vazirlar Mahkamasining qarori bilan amalga oshiriladigan davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan obyektlar qatoriga kiritilgan. Institutga ajratilgan yer uchastkalari institutga muddatsiz tekin foydalanish uchun biriktirilgan.
- Quyidagilar institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari;
bakalavriat va magistratura talabalari, shuningdek, oliy ta’limdan keyingi ta’limning to‘lov-kontrakt shakli asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar;
xorijiy fuqarolarni to‘lov-kontrakt shakli asosida o‘qitishdan Muassasa valyuta hisob raqamiga tushadigan xorijiy valyuta mablag‘lari;
byudjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;
davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari doirasida o‘tkaziladigan grant tanlovlari natijalari bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar uchun ajratiladigan mablag‘lar;
pullik kurslarni tashkil etish va boshqa turdagi xizmatlarni ko‘rsatishdan tushadigan barcha mablag‘lar;
xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari;
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari va maqsadli badallari;
Institut faoliyatida amalga oshirilgan ilmiy, o‘quv va boshqa innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish, shuningdek,institutning mol-mulkini ijaraga berishdan, shartnoma asosida qonunchilik hujjatlarida ruxsat berilgan xizmat ko‘rsatish orqali tushgan mablag‘lar;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
- Institutning ta’lim faoliyatini moliyaviy ta’minlash davlat grantlari asosida mutaxassislar tayyorlash uchun ajratilgan budjet mablag‘lari, davlat tomonidan belgilangan normativlardan kelib chiqqan holda qayta tayyorlash va xodimlarning malakasini oshirish hisobiga ajratilgan mablag‘lar, shuningdek, byudjetdan tashqari mablag‘lar, jumladan talabalar va tinglovchilarni o‘qitish uchun belgilangan tartibda olingan to‘lov-shartnoma asosidagi mablag‘lar va tadbirkorlik tushumlari hisobidan amalga oshiriladi.
- Institut asosiy faoliyatiga zarar yetmaydigan tartibda ta’lim hamda boshqa sohalarda pullik ta’lim va servis xizmatlarini amalga oshirishi mumkin. Institut shug‘ullanadigan tadbirkorlik faoliyati uning Ustavida belgilangan vazifalarga mos kelishi kerak.
Institut o‘z mulki bilan xo‘jalik yurituvchi subyektlar, jamiyatlar va shirkat-larning ustav jamg‘armasida qatnashish, pullikta’lim xizmatlari, konsultatsiyalar va boshqa xizmatlar uchun narxlarni belgilash, soliq va konunchilikda nazarda tutilgan boshqa majburiy to‘lovlardan so‘ng qolgan daromadni mustaqil tasarruf etish huquqiga ega.
Institut pullik ta’lim xizmatlari ko‘rsatishni budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hisobidagi ta’lim faoliyati doirasida va uning o‘rniga amalga oshirishi mumkin emas.
Institut O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga hamda mazkur Ustavga zidbo‘lmaganshartnomalarni tuzish, majburiyatlar va boshqashartlarni belgilash bo‘yicha masalalarni mustaqil hal qiladi.
- Institut o‘z tarkibiga kiradigan tashkilotlarga tegishli ko‘chmas mulkni bir tashkilotdan boshqa biriga operativ boshqaruv huquqi asosida o‘tkazishiga Davaktiv agentligi bilan kelishilgan holda ruxsat beriladi.
Institut ko‘chmas mulk ob’ekti va bo‘sh yer uchastkalari negizida amalga oshiriladigan davlat-xususiy sheriklik loyihalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni davlat sherigi tomonidan tegishli bitim tuzilganidan so‘ng o‘n kun muddatda “Davlat mulki” axborot tizimiga kiritadi.
Institutning mol-mulki faqat Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan garovga qo‘yilishi mumkin.
- Institutda lavozim maoshlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti-ning “Respublika oliy ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish va uni moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”2008-yil 24-iyuldagi PQ-926-son qarori, Vazirlar Mahkamasining “Respublika oliy ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish va uni moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”2008-yil 1-avgustdagi 164-son qarori va Mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasiga muvofiq belgilanadi. Muassasa xodimiga lavozim maoshi (stavka) o‘z funksional vazifalarini hamda mehnat shartnomasida nazarda tutilgan ishlarni bajarganligi uchun to‘lanadi.
Qo‘shimcha maosh, ustama va boshqa moddiy rag‘batlantirish tadbirlarining hajmini Vazirlar Mahkamasining “Respublika oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va boshqa toifadagi xodimlarni byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiq-lash haqida”2020-yil 27-avgustdagi 517-son qaroriga muvofiq Institut mustaqil, moddiy rag‘batlantirish fondi doirasida amalga oshiradi.
Belgilangan mehnat haqi maxsus ishchi guruh xulosasiga ko‘ra faqat uni oshirish maqsadida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
- Institutda tashkil etilgan jamoat tashkilotlariga faoliyat ko‘rsatishlari uchun zarur bo‘lgan xonalar ajratiladi.
Institut qoshidagi tibbiyot xonasiga, shuningdek, o‘rnatilgan tartibda tashkil etilgan umumiy ovqatlanish tuzilmasiga (oshxona, bufet) isitish, yoritish va suv ta’minoti bilan taminlangan xonalar ajratiladi.
Institutning tegishli binolarini ta’mirlash, rekonstruksiya qilish yoki yangilarini qurish, ularning moliyaviy ta’minoti qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
- Institutning asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan ob’ektlarini belgilangan tartibda sotish yoki buzish quyidagi shartlardan biri mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga muvofiq sotiladigan ob’ektlar bundan mustasno:
belgilangan xizmat muddatining tamom bo‘lishi (to‘liq yaroqsiz deb topilishi);
ularning jismoniy eskirishi, avariyalar, tabiiy ofatlar, foydalanishning normal sharoitlari buzilishi oqibatida yaroqsiz holga kelishi;
ma’naviy eskirishi;
muassasaning bino qurilishi, kengaytirilishi, rekonstruksiya qilinishi, modernizatsiya qilinishi va qayta tashkil etilishi munosabati bilan bo‘shab qolishi.
- Xalqaro hamkorlik
- Institut O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”2017-yil 20-apreldagiPQ-2909-son qarori va “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son Farmoni hamda mazkur Ustavga muvofiq, xorijiy mamlakatlarning ta’lim va ilmiy markazlari, xalqaro jamg‘armalar va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish huquqiga ega.
Institutda chet el fuqarolarini o‘qitish, qayta tayyorlash va ularning malaka-sini oshirish, shuningdek, oliy ta’lim muassasi ilmiy-pedagogik xodimlarining xorijiy mamlakatlarda pedagogik va ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari va xorijiy davlatlarning ta’limini boshqarish bo‘yicha tegishli organlari o‘rtasida tuzilgan shartnomalar, shuningdek Muassasaning xorijiy davlatlarning ta’lim va ilmiy markazlari, xalqaro jamg‘armalar va boshqa tashkilotlar bilan qonunchilikka muvofiq belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalari (bitim, memorandumlari), chet el fuqarolari va xorijiy yuridik shaxslar bilan bevosita tuzilgan shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
- Xalqaro faoliyatni amalga oshirishda Institutquyidagi huquqlarga ega:
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda ta’lim sohasidagi xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlariga a’zo bo‘lish;
xorijiy davlatlarning ta’lim va ilmiy markazlari, tashkilotlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish yuzasidan shartnomalar (bitim, memorandumlar) tuzish;
xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlaridan yuqori malakali professor-o‘qituvchilar va olimlarni dars mashg‘ulotlariga, hamkorlikda o‘quv adabiyotlari va ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishga jalb etish;
xorijiy hamkorlik ishtirokida Muassasa tarkibiy bo‘linmalari (qo‘shma fakultetlar, qo‘shma ta’lim dasturlari, markazlar va boshqa bo‘linmalar)ni qonunchilikda ko‘zda tutilgan tartibda tashkil etish;
Institutprofessor-o‘qituvchilari, xodimlari, doktorantlarini xorijiy mamlakat-larga malaka oshirish va stajirovkaga yuborish, falsafa doktori (PhD) va magistratura dasturlari bo‘yicha ta’lim olishlarini ta’minlash;
Instituttalabalarini xorijiy mamlakatlarga stajirovka, amaliyot o‘tash, konferensiya va tanlovlarga yuborishni ta’minlash;
Institutva xorijiy oliy o‘quv yurtlari talabalari, tayanch doktorantlari va doktorantlar, professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlari bilan ikki tomonlama o‘zaro almashinuv dasturlarini tashkil etish;
xorijiy fuqarolarni belgilangan tartibda Muassasaga o‘qishga qabul qilish va ularning o‘qishlari uchun shart-sharoitlar yaratish.
Institutqonunchilikda belgilangan tartibda xorijiy mamlakatlarning institutlari va tashkilotlari bilan boshqa yo‘nalishlarda ham o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish huquqiga ega.
- Institutprofessor-o‘qituvchilari va xodimlari hamda talabalarining chet el xizmat safarlari amaldagi qonunchilik hujjatlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli idoraviy normativ-huquqiy hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”2019-yil 8-oktabrdagiPF-5847-son Farmonining 5-bandiga muvofiq, ta’lim sifatini yaxshilash borasidagi ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish jarayonlarini jadallashtirish maqsadida Institutrektor va prorektor-larining xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga chiqishini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligini xabardor qilgan holda amalga oshiriladi. Bunda Universitet rahbar xodimlari tomonidan xorijiy mamlakatga xizmat safari oldidan asosiy ma’lumotlar, jumladan mamlakat nomi, tashrif maqsadi va rejasi, safar natijalari yuzasidan esa Institutkengashiga amalga oshirilgan ishlar va xarajatlar to‘g‘risida taqdim etilgan hisobot Universitet veb-saytiga joylashtiriladi.
- Xorijiy safarlarga yuborilgan rahbar xodimlar, professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar va talabalar (bakalavr va magistr) bajarish lozim bo‘lgan reja ishlarini bajarmagan va o‘z xatti-harakatlari bilan Institutsha’niga putur yetkazgan hollarda ularga nisbatan qonunchilik asosida tegishli choralar ko‘riladi.
- Instituttashqi iqtisodiy faoliyatidan tushgan valyuta, moddiy tushumlar qonunchilikka binoan mazkur Ustavda belgilangan Muassasa faoliyatini moddiy ta’minlash uchun ishlatiladi.
- Yakuniy qoidalar
- InstitutO‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida belgilangan tartibda quyidagilarga javob beradi:
ta’lim jarayonida o‘quv reja va jadvallarga muvofiq ta’lim dasturlari xajmini to‘liq bajarmaganligi;
ta’lim jarayoni vaqtida Muassasada ta’lim oluvchilar va xodimlarning hayoti va sog‘lig‘i;
ta’lim oluvchilar va xodimlarning huquq va erkinliklarining buzilganligi;
amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajarmaganligi.
- InstitutO‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq qayta tashkil qilinishi yoki tugatilishi mumkin.
- O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan Muassasaga operativ boshqaruv huquqi asosida tegishli bo‘lgan davlat ko‘chmas mulki obektlarini xatlash va majburiy realizatsiya qilinishi mumkin emas.
- Ustav O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni-ga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanib, o‘rnatilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘kazilgandan so‘ng kuchga kiradi.
InstitutUstaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.