“Mahallam tozaligi – Yurtim obodligi”
2025-yil 18-iyul kuni TTYSI Sanoat texnologiyalari va mexanika fakulteti, “Mehnat muhofazasi va ekologiya” kafedrasi katta o‘qituvchilari D.Eshnazarov, N.Muqimov, N.Urmanov va talaba-yoshlar “Muhandislar” mahallasiga tashrif buyurishdi.
Mahalla faollari va yoshlar bilan “Xonadonim – Vatanim obodligi, ekologiya va atrof-muhit musaffoligi – sog‘lom kelajagimiz garovi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Katta o‘qituvchi N.Urmanov tomonidan ekologik madaniyat, xonadonni ozoda tutish orqali Vatanimizni obod qilish va sog‘lom kelajak uchun mas’uliyat haqida muhim fikrlar bildirildi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarda ekologik ongni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi!