TTYSIda “Milliy kun” munosabati bilan institut xodimlari milliy liboslarda ishga chiqdi
2025-yil 25-iyul kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Milliy kun” doirasida institut xodimlari o‘z ish joylariga milliy liboslarda tashrif buyurishdi. Ushbu tashabbus milliy qadriyatlarni ulug‘lash, urf-odatlarimizni asrab-avaylash va milliy g‘ururni yuksaltirishga qaratildi.
Xodimlar tomonidan kiyilgan adras, atlas, zardo‘zlik kabi milliy matolardan tikilgan liboslar institut muhitiga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi. Bu orqali xalqimizning boy madaniy merosi va an’anaviy kiyinish madaniyatini yoshlar orasida targ‘ib qilish maqsad qilingan.
Mazkur tashabbus TTYSI jamoasining “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi faol ishtirokini yana bir bor namoyon etdi.