KAFEDRANING MAQSADI
Hozirgi kun talablariga javob beradigan yuqori malakali, professional kadrlar tayyorlash, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarida dolzarb bo‘lgan muammolarga innovatsion yechimlar berishga yo‘naltirilgan samarali ilmiy-tadqiqot faoliyatini yo‘lga qo‘yilgan maktab yaratish
KAFEDRA TARIXI
XX-asrning o‘ttizinchi yillarida tashkil topgan Toshkent to‘qimachilik institutida texnologlarning iqtisodiy bilimlarini oshirish dotsent Shaxov U.Y. boshchilik qilgan “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” kafedrasi tomonidan amalga oshirilgan. Kafedra tarkibida dastlab 3 nafar professor-o‘qituvchi ishlab chiqarishni tashkil qilish va iqtisod masalalari bilan shug‘ullanganlar.
1937-yili 7 nafar professor-o`qituvchidan iborat mustaqil kafedra ajralib chiqdi va unga dotsent Bunimov Sergey Fyodorovich 1940-yilgacha rahbarlik qilgan (S.F. Bunimov ikkinchi jahon urushida urushida halok bo‘lgan). Ikkinchi jahon urushida davrida kafedraga Erlix David Dmitriyevich rahbarlik qilgan, keyinchalik iqtisod fanlari doktori, professor D.D.Erlix xalq xo‘jaligi institutida ishlagan.
1946-1949 yillarda kafedraga Xudkovskiy Arkadiy Borisovich boshchilik qilgan. 1949 yilda muhandis-iqtisodchilarning birinchi guruhiga talabalar qabul qilindi,
25 nafar talabadan iborat 2 ta rus va 1 ta o‘zbek guruhlari tashkil qilindi. Bir vaqtning o‘zida 2-bosqichga a’lochi injener-texnolog talabalardan guruhlar tashkil qilindi. 1951-yil fevral oyidan 1965 yilgacha kafedraga dotsent F. Patapov rahbarlik qilgan. (1949-1956 yillar davomida “Muhandis-iqtisod” fakultetining dekani lavozimida faoliyat yuritgan).
Bu yillar davomida 413 nafar talaba kunduzgi bo‘limning muhandis-iqtisod mutaxassisligini bitirgan. Shu yillarda institutni tamomlagan yosh assistentlar: T.M.Guzayeva-Shabazova, M.M.Kattaxo‘jayev, A.S.Shaxanov, N.I.Izyumskayalar kafedraga ishga qabul qilindilar. Ishlab chiqarish korxonasidan L.G.Livshits, G.I.Vollar taklif qilindi. 1952-yidal institutni tamomlagan injener-texnolog (ipak texnologiyasi bo‘yicha) M.M.Muhamedov, 1951-yili Mexanika fakultetini tamomlagan M.M.Marupov kafedraning aspiranturasiga qabul qilindi.
1955 yilda kafedraga Podolskaya R.M. va Moskva aspiranturasini tamomlalab kelgan Konotopiva A.G.ish boshladilar.
1965 yilga kelib, kafedra 14 nafardan iborat professor-o’qituvchilar tarkibiga ega bolib, ular asosan fakultetlarning bitiruvchilari edilar.
1965 yili kafedra 2 ta kafedraga bo`lindi: “Sanoat iqtisodi” va “Ishlab chiqarishni tashkil qilish va rejalashtirish”.
Tashkil qilingan “Ishlab chiqarishni tashkil qilish va rejalashtirish” kafedrasiga 1967-yildan 1979-yilgacha dotsent Marupov M.M. rahbarlik qildi. Shu yillar davomida 843 nafar muhandis-iqtisodchilar kunduzgi bo‘limni va yana shuncha talabalar kechki va sirtqi bo‘limni tugatdilar. Bu vaqtda kafedrada 25 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritdi. Kafedra qoshida ilmiy-tadqiqot labaratoriya tashkil qilinib, xo‘jalik hisobi bo‘yicha qilinadigan ishlar hajmi oshib bordi.
Kunduzgi, kechki va sirtqi bo‘limlarda har yili 130-150 nafar kishi muhandis-iqtisodchi mutaxassisligini tamomladilar.
Mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha talabni oshib borishiga ko‘ra, iqtisodiy kafedrani iqtisoslashtirish masalasi qo‘yildi va 1979-yildan boshlab institutda 3 ta iqtisodiy kafedra tasnkil qilindi: “Yengil sanoat korxonalarini iqtisodi va tashkil qilish” - kafedra mudiri dotsent Marupov M.M. “To’qimachilik sanoati korxonalarini iqtisodi va tashkil qilish” - kafedra mudiri Kattaxo‘jaev M.M., “Paxtani dastlabki ishlash korhonalarini iqtisodi va tashkil qilish” - kafedra mudiri prof. Xutkovskiy A.B. 1979-yildan kafedra to‘qimachilik korxonalari uchun mehnatni me’yorlash bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash ishlari olib borildi.
Yangi mutaxassislarni tayyorlashda prof. Kattaxo‘jaev M.M. boshchiligidagi dots. Qodirov S.G., Linetskiy M.V., dots. Xmeleva E.M., dots. Slilikova T.P. va boshqalar jonbozlik ko‘rsatganlar. 1985-yilda injener-me`yorlovchilaning birinchi qaldirg‘ochlari institutni bitirdilar.
1985-1995 yillar davomida “To‘qimachilik korxonalari iqtisodi va menejment” kafedrasida 24 ta shtatdagi o‘qituvchilar faoliyat yuritdilar, ulardan 21 nafari injener-muhandislardir. 10 nafardan ortiq xodimlar esa hamkorlikda ishlayotganlar bo‘lib, ular ilmiy muassasa va korxonalardan taklif qilinganlar.
1982-1992 yillarda kafedrada 15 ta darslik va o‘quv qo‘llanmalari nashr qilindi. Kafedra a‘zolaridan 8 nafari nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qildilar, 100 dan ortiq ilmiy ishlar ishlab chiqarishga joriy etildi.
Kaferda mudiri prof. M. Kattaxo’jaev korxonalar bilan bevosita aloqada xo‘jalik hisobi bo‘yicha katta ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilgan. Ilmiy tadqiqot natijalari bo‘yicha 62 ta ilmiy ishlar va maqolalar nashr qilingan. Uning muallifligida o‘zbek tilida “To‘qimachilik sanoatida mehnatni tashkil qilish va me’yorlash” o‘quv darsligi tayyorlandi va nashr qilindi, bir qancha monografiya, o‘quv qo‘llanmalar, risolalar, maqolalar va boshqailmiy-uslubiy nashrlar chop etilgan.
1992-yildan boshlab kafedrada tashqi-iqtisodiy aloqalar bo‘yicha muhandis-iqtisodchilarni tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Yangi mutaxassislikni tayyorlash uchun bir qancha o‘qituvchilar Germaniya, Turkiya va Rossiyadagi institutlarda malaka oshirdilar. Yangi fanlar bo‘yicha o‘quv rejasi va fan dasturlari tayyorlandi. Ular jumlasiga “Tashqi iqtisodiy aloqalar asosi”, “Marketing”, “Menejment”, “Birja faoliyatining asosi” kabi fanlar kiradi. Bu fanlarni o‘qitish kafedraning tajribali o‘qituvchilariga topshirildi, boshqa institutlar va chet ellik mutaxassislar taklif qilindi. Kafedra ishlab chiqarish amaliyotini ham tashkil qilishda faollik ko‘rsatdi. 3-kurs talabalaridan yangi mutaxassislik uchun yoshlar tanlab olindi.
1985-1994 yillar davomida 996 ta diplom ishi va loyihasi bajarilgan, ulardan 162 tasi ilmiy diplom ishlari bolib, korxonaning buyurtmasi asosida bajarilgan. 5 ta o‘quv darsligi va o‘quv qo‘llanmasi, 11 ta monografiya va 96 ta maqolalar chop etilgan. Kafedra chet eldagi institut va ilg‘or korxonalar bilan aloqani kuchaytirish maqsadida bir qancha amaliy ishlar amalga oshirgan.
1995-yil bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida institutda faoliyat ko‘rsatayotgan 4 ta iqtisodiy kafedradan 2 ta: “To‘qimachilik va yengil sanoat iqtisodiyoti va menejment” va “Paxta tozalash va to‘qimachilik sanoatlarida marketing va audit” kafedralari tashkil qilindi. 2003-yildan kafedra “Menejment” kafedrasi, 2015-yildan “Buxgalteriya hisobi va audit” hamda “Menejment” kafedrasi birlashtirilib “Korporativ boshqaruv” kafedrasi deb yuritila boshladi.
2018-yildan “Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish” yо‘nalishiga, 2019-yildan bolshlab “Marketing” hamda “Buxgalteriya hisobi va audit”, 2020-yildan “Iqtisodiyot” ta`lim yо‘nalishlariga talabalar qabul qilindi.
Shu bilan birga 2020 yildan boshlab “Marketing” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturaga ham qabul bo‘lib o‘tdi.
2024-yil 29-avgust Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti Kengashi yig‘ilishining 1-son bayoni bilan “Korporativ boshqaruv” kafedrasi negizida “Iqtisodiyot va menejment” hamda “Buxgalteriya hisobi va marketing” kafedralari tashkil etildi.
YО‘NALISHLAR VA MUTAXASSISLIKLAR
Bakalavriatura yo‘nalishlari:
60410200 – Buxgalteriya hisobi;
60411200 – Marketing;
61010400 – Logistika.
Magistratura mutaxassisliklari:
70112201 – Marketing;
70410201 – Buxgalteriya hisobi.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan bakalavriatura ta’lim yo‘nalishi va magistratutura mutaxassisligi bo'yicha o‘tiladigan barcha fanlardan ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlar yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalar qo‘llangan holda olib boriladi.
ILMIY YО'NALISHLAR
- Davlat byudjetining g'azna ijrosi va uni rivojlantirish istiqbollari
- Sanoatni rivojlantirishda paxta-toʻqimachilik korxonalarini klasterlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish
- Toʻqimachilik korxonalarini strategik marketing mexanizmlarini takomillashtirish
- Trikotaj, tikuvchilik korxonalari faoliyatini reklama, marketing tadqiqotlari asosida rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish
- Tikuv trikotaj mahsulotlarga talabni shakllantirish va sotishni ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirish
- Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida logistic markazlar faoliyatini takomillashtirish
INNOVATSION HAMKORLIK
Kafedra innovatsion hamkorligini ta’minlash bo‘yicha quyidagi ishlab chiqarish korxonalari ва tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan:
“PAXTA SANOATI ILMIY MARKAZI” AKSIYADORLIK JAMIYATI;
“O'ZTO'QIMACHILIKSANOAT” UYUSHMASI;
“FAYZ TEXTILE GROUP” MChJ;
“NURAFSHON NUR” XK;
“KITOB-IP YIGIRUV FABRIKASI” AKSIYADORLIK JAMIYATI;
“YU-TEKS” MChJ;
“VIRTUS-TRICOT” MChJ
Kafedrani diplom loyiha ishlari, magistrlik dissertatsiyalari himoyasi tegsihli korxonalarda tashkil etiladi.
“BUXGALTER” VA “MARKETOLOG” TO‘GARAKLARI FAOLIYATI
Kafedrada faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar va tahsil olayotgan iqtidorli talabalarni ilm-fanga jalb qilish maqsadida “BUXGALTER” VA “MARKETOLOG” to‘garaklari tashkil qilingan.