Ruxsatnomada abituriyent haqidagi ma’lumotlardan tashqari imtihon haqidagi ma’lumotlar ham mavjud bo‘ladi. Ya’ni, unda kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan:
➖yo‘nalish;
➖oliy ta’lim muassasasi nomi;
➖manzil;
➖sanasi va vaqti aniq ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Hozirda ruxsatnomalar my.uzbmb.uz saytida shakllantirilmoqda. Jarayon yakunlangandan so‘ng, abituriyentlar shaxsiy kabinetidan yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.
P/S: Imtihonlar o‘tkaziladigan sana bo‘yicha tez orada qo‘shimcha xabar beriladi.
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 5–19-iyul kunlari o‘tkaziladi
2024/2025-o‘quv yili qabulida kasbiy (ijodiy) imtihoni mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun imtihonlar respublika bo‘yicha 2024-yil 5–19-iyul kunlari 53 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkazilishi belgilandi.
Kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili har bir abituriyentning my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga yuborildi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, abituriyentlardan:
➖o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etish ruxsatnomasini yuklab olishlari;
➖ruxsatnomada belgilangan muddat va manzilga imtihon boshlanishidan bir soat oldin yetib borishlari so‘raladi.
Qadrli abituriyentlarga ESLATMA!
⚡️Kasbiy (ijodiy) imtihonlar uchun ruxsatnomani ikki xil shaklda yuklab olish mumkin
Xabaringiz bor, joriy yildan boshlab kasbiy (ijodiy) imtihonlarda qatnashadigan abituriyentlar uchun ham alohida ruxsatnomalar berish joriy qilindi (https://t.me/eduuz/23756). Unda kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili ko‘rsatilgan.
Ruxsatnomani quyidagi ikki xil shaklda:
➖har bir abituriyentning my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetidan (1-rasm);
➖yoki abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamga yuborilgan SMS xabardagi havola orqali (2-rasm) yuklab olish mumkin.
Shu o‘rinda abituriyentlardan ruxsatnomada belgilangan muddat va manzilga imtihon boshlanishidan bir soat oldin yetib borishlari so‘raladi.
Eslatma: imtihonlar respublika bo‘yicha belgilangan grafik asosida 19-iyulga qadar (shu kuni ham) 53 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkaziladi.
Joriy yil kasbiy (ijodiy) imtihon topshiradigan abituriyentlar uchun alohida ruxsatnomalar berish joriy qilindi