Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bо‘limi
Institutda 2019-yildan boshlab iqtidorli yoshlarni aniqlash va maqsadli о‘qitish uchun “Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bо‘limi” tashkil qilingan. “Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish” bо‘limi faoliyatini yanada rivojlantirish uchun О‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim tо‘g‘risida”gi qonuni, PQ-3207-sonli qarorlarida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, iqtidorli talabalar va magistrantlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga keng jalb etish hamda О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, Beruniy, Navoiy, Islom Karimov Davlat stipendiyalari tanlovida ishtirok etishlarini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan. “Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish” bо‘limi o‘z faoliyatini qabul qilingan bo‘lim Nizomi va har yili institut rektori tomonidan tasdiqlangan yillik ish rejasiga muvofiq yuritadi. Institut “Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish” bо‘limi quyidagi maqsad va vazifalarni amalga oshirishini ko‘zda tutib, О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, OО‘MTV ning 30.09.2002 y. №279-son buyrug‘i asosida “Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish” bо‘limini talablarini inobatga olib ushbu nizom ishlab chiqildi:
Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish xodimlarining tarkibi
Bo‘limda ishlovchi xodimlar soni 3 kishidan iborat bo‘lib, ular quyidagilarni tashkil etadi: - Bo‘lim boshlig‘i;
2-darajali muhandis;
3-Uslubchi.
- Bo‘lim faoliyatiga rahbarlikni bo‘lim boshlig‘i amalga oshiradi. Bo‘lim boshlig‘ining vazifalari:
Bo‘lim ishini tashkil qilish, muvofiqlashtirish hamda doimiy ish rejaga muvofiq olib borish;
Bo‘lim boshlig‘i ish rejasida belgilangan vazifalarni hamda boshqa topshiriqlarni o‘z vaqtida, sifatli hamda zarur darajada bajarilishini doimiy ravishda nazorat qilib borish;
O‘z ish faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining iqtisodiy sohasidagi qarorlari, institut rektorining buyruqlari, ko‘rsatmalari asosida ish olib borish;
Bo‘limga yuklatilgan vazifalarni sifatsiz tayyorlash holatlariga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan o‘rnatilgan tartibda intizomiy jazo choralari ko‘rish;
Yuqori tashkilotlardan kelgan xatlar va ularning javobini kompyuterga kiritish, chop qilish va boshqalar.
BО‘LIMNING ASOSIY MAQSADI
1. Institut iqtidorli talabalar va magistrantlarini ilmiy loyiha va grantlarga keng jalb etishni tashkil etish;
2. Iqtidorli talabalar va magistrantlarni О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, Beruniy, Navoiy, Islom Karimov Davlat stipendiyalari tanlovida ishtirok etishlarini ta’minlash;
3. Kafedralar, fakultetlarda iqtidorli talabalar bilan olib borilayotgan ishlarni tashkil qilish, nazorat qilish va boshqarish;
4. Talabalarga о‘z iqtidorini rо‘yobga chiqarishlari va rivojlantirishlari uchun ilmiy muhit va sharoit yaratish, bu ishda ilmiy maktablar va olimlar, professor-о‘qituvchilarning faol ishtirokini ta’minlash;
5. Kafedralarda olib borilayotgan dolzarb, ilmiy-tadqiqot, ijodiy ishlarda talabalarning faol qatnashishini ta’minlash;
6. “Talaba eng yaxshi ilmiy ishi” tanlovini tashkil qilish va о‘tkazish;
7. Iqtidorli talabalarni doimiy rag‘batlantirib borish va Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan yosh olimlar stipendiyasi uchun о‘tkaziladigan tanlovga yosh izlanuvchilarning nomzodlarini tavsiya etish;
8. Kasbiy tayyorgarlik bо‘yicha talabalarning ijodiy, intellektual salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan faoliyatga keng ilmiy jamoatchilikni jalb qilish;
BО‘LIM QUYIDAGI VAZIFALARNI BAJARADI:
Ilmiy faoliyatga qiziqqan mustaqil fikrga ega, qobiliyatli, iqtidorli talabalarni dastlabki bosqichdanoq tanlab olish va ularni salohiyatli professor-о‘qituvchilarga biriktirish;
-Iqtidorli talabalarni ilmiy ishga (tadqiqod ishlariga), yaratuvchanlikka о‘rgatish va maxsus stipendiyaga tavsiya etish;
-О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, Beruniy, Navoiy, Islom Karimov Davlat stipendiyalari tanlovi ishtirokchilari uchun О‘zbekiston tarixi, axborot texnologiyalari va chet tili fanlaridan qо‘shimcha darslarni tashkillashtirish;
-О‘qishga qabul qilingan 1-bosqich talabalari orasida iqtidorlilarini aniqlash maqsadida monitoring о‘tkazish;
-Institut bо‘yicha iqtidorli talabalarni aniqlash bо‘yicha monitoring о‘tkazish, talabalar ilmiy jamiyatlari faoliyatini shakllantirish va muvofiqlashtirish;
-Iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va ularni “Iqtidorli talabalar” markazi qoshida birlashtirish;
-Iqtidorli talabalarni qobiliyati va qanday yо‘nalishga moyilligiga qarab maqsadli tayyorlashni tashkil etish;
-Iqtidorli talabalar uchun chet tili, informatsion texnologiya va internetdan foydalanish bо‘yicha maxsus mashg‘ulotlar tashkil etish;
-Fakultet va kafedralarning tasdiqlangan Talabalar ilmiy jamiyati ish rejasini umumlashtirish;
-Talabalar ilmiy jamiyati ilmiy rahbarlar va fakultet dekanlari tavsiyalari bilan iqtidorli talabalardan О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stependiyasi tanlovi ishtirokchilari guruhini shakllantirish;
-Iqtidorli talabalar faoliyati bо‘yicha ma’lumotlar bankini yaratish va doimiy ravishda yangilab borish;
-Institut Kengashi qarorlari bilan tashkil etilgan akademik
M.A. Xojinova, akademik M.T. О‘razboyev, akademik X.X. Usmonxo‘jayev, akademik M.A.Asqarov, T.R.Rashidov, R.G. Mahkamov va “Institut Kengashi” nomidagi hamda boshqa faxriy stipendiyalarga nomzodlar tanlovlarini о‘tkazish va о‘quv yili davomida avvaldan tanlab olingan iqtidorli yoshlarni bunday tanlovlarga tayyorgarlik kо‘rishini tashkil etish;
-Xorijiy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlariga iqtidorli talabalar hamda yosh mutaxassis-olimlarning borishiga tavsiya berish va tashkil etish;
BО‘LIMGA A’ZO BО‘LISH TARTIBLARI
“Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish” bо‘limi о‘quv yilining oktabr-noyabr oylarida bо‘limga a’zolikka qabul qilish bо‘yicha 1-kurs talabalarini pedagogik-psixologik sinovlardan, boshqa kurs talabalari va yoshlarini esa fanlardan о‘zlashtirishi va iqtidorli yо‘nalishlarining rivojlanib borishi monitoringi asosida tanlov о‘tkaziladi. Tanlov о‘tkazishning usullari, uslubiy kо‘rsatmalar va boshqa tashkiliy masalalarga oid bо‘lgan ma’lumotlar hamda tanlov hay’ati a’zolarining rо‘yxati oktyabr oyida e’lon qilinadi.
Vazirlikning 1998-yil 10-iyundagi 185-sonli buyrug‘iga asosan, institut “Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish” bо‘limiga a’zo bо‘lgan iqtidorli yoshlarning quyidagi hujjatlari bо‘limga topshiriladi va saqlanadi:
-“Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish” bо‘limiga a’zo bо‘lishi haqida rektor nomiga ariza;
- Shaxsiy varaqa;
- Reyting daftari yoki tegishli diplomlar nusxalari;
- Chop etilgan ilmiy ishlar rо‘yxati;
- 4 ta 4x5 о‘lchamli rangli fotosurat;
- Ilmiy rahbar, fakultet dekanlari va bо‘lim boshlig‘i tasdig‘idan о‘tgan yillik hisobotlari;
- Boshqa sohalarda erishilgan yutuqlarni tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari.
IQTIDORLI YOSHLAR VA USTOZLARNI RAG‘BATLANTIRISH HAMDA TAQDIRLASH
О‘quv va ilmiy rejalarni tо‘la bajarayotgan, xorijiy tillar, informatika, ijtimoiy va mutaxassislik fanlarni chuqur о‘rganayotgan hamda institut jamoat ishlarida faol qatnashayotgan iqtidorli yoshlarni institut rahbariyati, “Iqtidorli talabalar bilan ishlash” bо‘limi, fakultet, kafedra quyidagi rag‘batlantirish va taqdirlashlarga tavsiya etishi mumkin:
о‘qishni chet mamlakatlarning institut va universitetlarida davom ettirishga hamda ilg‘or korxonalarda malaka oshirishga;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Beruniy, Navoiy, nomidagi davlat stipendiyalari tanlovlarida qatnashishga;
- institut Kengashi qarori bilan tashkil qilingan akademiklar M.A, Xojinova, M.T. О‘rozboyev, X.X. Usmonxо‘jayev hamda institut Kengashi stipendiyalari sovrindorlari bо‘lishga;
- kafedrada ilmiy izlanuvchi yoki assistent bо‘lib ishlash uchun qolishga;
- katta ilmiy xodim-izlanuvchi va magistraturada о‘qishni davom ettirishga;
- institut laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi, noyob adabiyotlar va boshqalardan imtiyozli foydalanishga;
- vazirlik va institut rahbariyati tomonidan moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishga;
- chet mamlakatlarning grantlarida qatnashishga;
- institut sog‘lomlashtirish - sport lagerida imtiyozli dam olishga;
- institut Kengashi qarorlari bilan tashkil etilgan akademiklar haqida ma’lumot.