Murodov Tohir Baxramovich
Bo'lim boshlig'i
Bo'lim haqida
Taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi
515-son qarorining 14-bandiga muvofiq tashkil etilgan.
Boʻlimning asosiy maqsadi
Taʼlim sifatini nazorat qilish (TSNQ) boʻlimining asosiy maqsadi Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti (TTYSI) talabalari bilimlarining davlat taʼlim standartlariga muvofiqligini oʻrganib borish, tahlil qilish, kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish, TTYSIni ichki attestatsiyadan oʻtkazishni tashkil etish va uning natijalari boʻyicha taʼlim sifatiga salbiy taʼsir etuvchi omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish va oldini olish choralarini koʻrishdan iborat.
Boʻlimining asosiy vazifalari:
•Taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarning davlat taʼlim standartlari (DTS), malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlari, ishchi oʻquv rejalar va fanning ishchi dasturlari bilan taʼminlanganligi hamda oʻzaro muvofiqligini tahlil etish;
•Institutda taʼlim jarayoni sifatini, uning oʻquv adabiyotlari va oʻquv-uslubiy materiallar bilan taʼminlanganlik darajasini oʻrganish;
•Talabalar bilimini baholash jarayonlarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etish;
•Talabalar bilimini baholash jarayonlari va natijalarining xolisligi va shaffofligini oʻrganish;
•Talabalar bilimini tanlanma asosida aniqlash uchun qoʻshimcha ravishda nazorat ishlarini oʻtkazish (mazkur nazorat natijasi talabaning oʻzlashtirish koʻrsatkichida aks etmaydi), natijalarni tahlil qilish, taʼlim sifatiga taʼsir koʻrsatgan omillarni aniqlash jarayonlarini tashkillashtirish;
•Institut dekanatlari tomonidan shakllantiriladigan dars jadvallarini optimallashtirishda ishtirok etish;
•Har bir fan boʻyicha dars mashgʻulotlarini tahlil qilish va institut rektoriga maʼlumotlar berib borish;
•Talabalar davomati va professor-oʻqituvchilarning darsga munosabati monitoringini olib borish;
•Baholash natijalari boʻyicha tahliliy maʼlumotlar tayyorlash va ularning natijalari yuzasidan institut kengashida hamda rektor yigʻilishida hisobotlar berib borish;
•Bitiruvchilarning bilim darajasini oʻrganish maqsadida yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari hujjatlari bilan tanishish;
•Tashkiliy-huquqiy va metodik koʻrsatmalar asosida taʼlim va kadrlar tayyorlash sifati monitoringini olib borish va nazorat qilishni tashkil etish;
•Institutni ichki attestatsiyadan oʻtkazishni tashkil etish va ichki attestatsiya natijalar, taʼlim sifatiga taʼsir etuvchi omillar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni institut rektoriga taqdim etish;
•Taʼlim sifatini belgilovchi koʻrsatkichlar holatini monitoring qilish, aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan institut rektoriga takliflar berish;
•Taʼlim sifatini oshirish maqsadida professor-oʻqituvchilar malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini tahlil qilish;
•Institutning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, boʻlim, markaz, akademik litsey) pedagog xodimlar kasbiy malakasi holatini, shuningdek, oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yoʻnalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoring oʻtkazish, tahliliy maʼlumotlar tayyorlash, aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish boʻyicha institut rahbariyatiga takliflar kiritish;
•Institut professor-oʻqituvchilari tayanch maʼlumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish yoki ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tayyorlashdan oʻtganligini yoki mos ixtisoslik boʻyicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini oʻrganish va xulosalarni institut rektoriga maʼlum qilish;
•Taʼlim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish boʻyicha takliflar berish;
•Institutda talabalar amaliyotining taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olgan holda tashkil etilganligi va uning samarasini nazorat qilish;
•Institut reytingini aniqlash, baholash, attestatsiya va taʼlim sifatini oʻrganish bilan bogʻliq jarayonlarda ishtirok etish;
•Institutdagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va taʼlim sifatini oshirish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-oʻqituvchi va kadrlar isteʼmolchilari oʻrtasida ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish;
•Institutdagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va taʼlim sifatini oʻrganish maqsadida professor-oʻqituvchilar va kadrlar isteʼmolchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan ijtimoiy soʻrovlar jarayonida ishtirok etish, natijalar yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;
•Bitiruvchilarni taʼlimning keyingi bosqichiga oʻqishga kirishi yoki ishga joylashishlarini tahlil qilishda ishtirok etish;
•Respublika va xorijiy davlatlardagi taʼlim sifatini nazorat qilishga oid yangiliklarni doimiy oʻrganib borish va ularni taʼlim jarayoniga tatbiq etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;
•Institut reytingini xalqaro darajaga koʻtarishga qaratilgan chora-tadbirlarni oliy taʼlim muassasasi rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uning ijrosini taʼminlashda faol ishtirok etish;
•Institut tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan oʻquv seminarlari va treninglar oʻtkazish;
•Institutda ichki jamoatchi ekspertlar bazasini shakllantirish va ular bilan qoʻyilgan vazifalar doirasida seminar mashgʻulotlarini muntazam ravishda oʻtkazib borish;
•Oʻquv jarayoni bilan ishlab chiqarish oʻrtasidagi integratsion hamkorlik, innovatsion gʻoyalar, ishlanma va texnologiyalarni kengaytirish yuzasidan takliflar berib borish;
•Institut Kengashida, davra suhbatlari va anjumanlarda TSNQ boʻlimi tomonidan taʼlim sifatini oshirishga oid amalga oshirilgan oʻrganish va monitoring natijalari toʻgʻrisida maʼlumotlar berib borish;
Taʼlim sifati holatini oʻrganish natijalariga asoslanib, institut rahbariyatiga tegishli takliflarni taqdim etish.