Bo‘limning vazifalari
Respublikaning barcha muassasa, korxona, tashkilot va fuqarolarning oliy o‘quv yurtida tayyorlanadigan malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganish asosida ta’lim xizmatlari bozorini shakllantirish va axborotli ma’lumotlar bazasini yaratish.
- Inistitutga qabul qilinadigan abituriyentlarning har yilgi miqdoriy ko‘rsatkichlarini aniqlash va joriy yilning 15-yanvariga qadar rektor tomonidan tasdiqlangan qabul rejasi loyihasini vazirlikka taqdim etish. Miqdoriy ko‘rsatkichlar va yo‘nalishlar nomenklaturasi mos sohalarining mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoji asosida oliy o‘quv yurtining o‘quv-me’yoriy ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib aniqlanadi.
- O‘quv yilining tugallanishiga qadar institutda tayyorlanayotgan yosh mutaxassislar uchun ish joylarini aniqlash va belgilangan tartibda ish bilan taminlash.
- Institutning mos ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha korxonalar xizmatchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganish hamda bu ishni tashkil etish bo‘yicha taklif va mulohazalarni ishlab chiqish.
- Respublika fondlari bilan aloqani mustahkamlash, xalqaro fondlarning dastur va loyihalarida ishtirok etish, ular bilan birgalikda respublika ijtimoiy infrastrukturasi va iqtisodiyotining ustuvor yo‘nalishlari uchun tayyorlanayotgan mutaxassislarning sifatini oshirish muammolarini yechish.
- Xorijning ilg‘or o‘quv, ilmiy va ishlab chiqarish tashkilotlari bilan qo‘shimcha shartnomalar tuzish va bajarish, shu jumladan, texnologik va tanishuv amaliyotlari hamda stajirovkalarini tashkil qilish ishlaridaqatnashish.
- Oliy kasb ta’limining mos yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha talabalar amaliyotini o‘tkazish uchun ilg‘or korxona va muassasalarni aniqlash.
- Korxona, muassasa, tashkilotlar, jismoniy shaxslar bilan mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha kontraktlarni rasmiylashtirish hamda to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalar bilan o‘qish bo‘yicha xarajatlarni o‘z vaqtida to‘lash ishlarini o‘tkazish.
- Ehtiyojmandlar va jismoniy shaxslarni institut tomonidan ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan ta’lim xizmatlari spektri bilan ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilish, buyurtmachilarni jalb qilish maqsadida prospektlar tayyorlash va chiqarish.