Reja moliya bo‘lim va uning faoliyati haqida ma’lumot
Bugungi ta’lim muassasalarini moliyalash, jumladan, oliy o‘quv yurtlarida o‘qitish jarayonini zamon talablari darajasiga yetkazish, ya’ni, ularda ijtimoiy himoyalashni takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini kengaytirishda «Reja-moliya» bo‘limlari munosib hissasini qo‘shib kelishmoqda. Shu qatorda, bizning bo‘limimiz ham institut tashkil qilinganidan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Zero, bo‘limimiz faoliyat yuritish jarayonidagi asosiy maqsad institutimiz jamoasini imkon qadar ijtimoiy himoya qilish, o‘quv jarayonini yuqori saviyada o‘tishi uchun zaruriy o‘quv jihozlari va texnologiyalari bilan ta’minlash, talabalar turar joylarida istiqomat qiladigan yoshlarning yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha rejalar ishlab chiqish hamda mazkur tadbirlarni amalga oshirishni moliyalashtirishga qaratilgan. Shuningdek, institutimiz iqtisodiy vaziyatini yaxshilash, mablag‘larning samarali sarflanishini ta’minlash, xarajatlarni belgilangan rejalar asosida amalga oshirish, ortiqcha sarflarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘lim faoliyatining bosh mezoni hisoblanadi.
О‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarida ta’lim, ilmiy-tadqiqot, tadbirkorlik ishlari samaradorligini ta’minlash institut moliya-iqtisodiyot ishlari bo‘yicha prorektori qoshidagi asosiy bo‘g‘inlardan biri Reja-moliya bo‘limi zimmasiga ham yuklangan. Reja-moliya bo‘limi faoliyatini takomillashtirish, byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larining daromadlar va xarajatlar smetasini tuzish, iqtisodiy tahlil o‘tkazish, namunaviy shtatlar jadvalini to‘g‘ri yuritishni nazorat qilish hamda institut faoliyatini muntazam moliyalashtirib borishdan iborat.
Reja-moliya bo‘limi xodimlarining tarkibi
Bo‘limda ishlovchi xodimlar soni 3 kishidan iborat bo‘lib, ular quyidagilarni tashkil etadi: - Bo‘lim boshlig‘i;
- I — darajali iqtisodchi - I — darajali iqtisodchi; Reja-moliya bo‘limi xodimlarining vazifalari - Bo‘limga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish bo‘lim boshlig‘i,
1-toifali iqtisodchi bilan tashkiliy-amaliy ishlar bilan ta’minlanadi.
- Bo‘lim faoliyatiga rahbarlikni bo‘lim boshlig‘i amalga oshiradi. Bo‘lim boshlig‘ining vazifalari:
Bo‘limning ishini tashkil qilish, muvofiqlashtirish, hamda doimiy ish rejaga muvofiq olib borish;
Bo‘lim boshlig‘i ish rejasida belgilangan vazifalarni hamda boshqa topshiriqlarni o‘z vaqtida, sifatli hamda zarur darajada bajarilishini doimiy ravishda nazorat qilib borish;
O‘z ish faoliyatida o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining iqtisodiy sohasidagi hamda Institut rektorining farmoyishlari, buyruqlari, ko‘rsatmalari asosida ish olib borish;
Bo‘limga yuklatilgan vazifalarni sifatsiz tayyorlash holatlariga yo‘l quygan xodimlarga nisbatan o‘rnatilgan tartibda intizomiy jazo choralari ko‘rish;
Muassasa rahbarining topshirig‘iga ko‘ra mablag‘larni sarflash bo‘yicha qaror, farmoyishlarni ekspertiza qilish va iqtisodiy tahlil o‘tkazish;
Byudjet va nobyudjet mablag‘lar bo‘yicha smeta loyihalarini tuzish va uni tasdiqlatish uchun vazirlikka taqdim etish;
Kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish muassasalari shtatlari va kontingentlari bo‘yicha rejalar bajarilishi to‘g‘risidagi 3-2 shakl hisobotini topshirish;
3-2 shakl va statistik hisobotlari topshirilgandan so‘ng o‘quv yili boshiga talabalar sonidan kelib chiqqan holda professor-o‘qituvchilar tarkibini aniqlashdan iborat.
1-toifali iqtisodchining vazifalari:
Namunaviy shtatlar jadvalini tuzish va shtat intizomini nazorat qilish;
Xarajatlar smetasining har chorak hisobotini tuzish va ularni vazirlik hamda statistik tashkilotlarga taqdim etish;
Professor-o‘qituvchi va xodimlarni moddiy rag‘batlantirish xarajatlar smetasining har chorak hisobotini tuzish va ularni vazirlik hamda statistik tashkilotlarga taqdim etish;
Har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2014 yil 18 noyabrdagi 4-mb-son qarori bilan tasdiqlangan 1-T shakli bo‘yicha mehnat hisobotini Toshkent shahar statistika boshqarmasiga topshirib borish;
Bo‘lim boshlig‘ining topshiriq va ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida sifatli bajarish; Talabalar kontingentini har oyning 1-15 holatiga tuzib borish;
Yuqori tashkilotlardan kelgan xatlarga javobni kompyuterga kiritish va chop qilish va boshqalar.
1-toifali iqtisodchining vazifalari: O‘UМTV hаmdа yuqori tashkilotlardan kelgan хаt va tоpshiriqlarni belgilangan muddatdan kechiktirmasdan bajarish;
Yangi o‘oquv yili uchun qabul qilinayotgan professor-o‘qituvchilar va xodimlar oylik maoshlarini yozib borish;
Har oyning birinchi sanasiga talabalar kontingentini hamda professor-o‘oqituvchilar va xodimlar sonini aniqlab borish;
Shtat intizomini qat’iy nazorat qilib borish;
Institutda ta’lim xizmati va servis sohasi bo‘yicha tushum to‘g‘risidagi ma’lumotni О‘UМТVgа har оyning 3-sanasiga qadar topshirish; Bo‘limdа kirish, chiqish xatlarni ro‘yxatini olish vа boshqalar.
Reja-moliya bo‘limi xodimlarining huquq va majburiyatlari Reja-moliya bo‘limini rektor tomonidan tayinlangan boshliq boshqarib boradi va unga shu bo‘limdagi barcha xodimlar bo‘ysinadi;
Reja-moliya masalalari bo‘yicha ko‘rsatmalar va topshiriqlarni o‘z vaqtida sifatli bajarish;
byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lari sarflanishini nazorat qilish;
Reja-moliya masalalari bo‘yicha yozishmalar olib borish;
Mehnat intizomiga qat’iy rioya qilish va boshqalardan iborat.