16:33 Yakshanba 27 Iyul 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Kechki va masofaviy ta’limning farqi nimada? Qaysi biri sizga mos?

26.07.2025
20

Bugungi kunda ta’lim olishning turli shakllari mavjud. Ayniqsa, ishlayotgan yoki kun davomida boshqa mashg‘ulotlari bo‘lganlar uchun  kechki va  masofaviy ta’lim juda qulay hisoblanadi. Keling, ularni birma-bir ko‘rib chiqamiz:

Kechki ta’lim — bu odatda ertalabdan kuni bilan band bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan. Darslar:

Asosan kechki paytlarda (soat 17:00 yoki 18:00 dan boshlab) bo‘lib o‘tadi. Talabalar darslarga universitetga kelib qatnashadilar. O‘quv jarayonlari kunduzgi ta’limga o‘xshash, faqat vaqt jihatdan farq qiladi. Masalan:Ishlaydigan talabalar soat 18:30 da institutga kelib, 2-3 soat davomida darsda qatnashishadi.

Masofaviy ta’lim — bu internet orqali o‘qitiladigan ta’lim shakli. Darslar onlayn platformalar orqali olib boriladi (Zoom, Moodle, Telegram va h.k.). Talaba istalgan joyda bo‘lib, dars materiallarini mustaqil o‘rganadi yoki video darslar orqali qatnashadi.

Darslar odatda belgilangan vaqtga bog‘liq bo‘lmaydi, ya’ni talaba o‘zi uchun qulay vaqtda o‘qiydi.  Masalan: Masofaviy ta’limda o‘qiyotgan talaba ish vaqtida bo‘sh bo‘lganida telefonda yoki kompyuterda darsni ko‘rib chiqadi, topshiriqlarni elektron shaklda topshiradi.

O‘quv jarayonlari qanday bo‘ladi?

Kechki ta’limda – darslar jadvali bor, odatda haftaning 3-5 kuni, kechki soatlarda.

Masofaviy ta’limda – dars materiallari ilgari tayyorlanadi, talabalar o‘zlari o‘qib, savollari bo‘lsa murojaat qilishadi. Nazorat ishlari onlayn bo‘ladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?