2025/2026 o'quv yili uchun ta`lim grantlarii taqsimoti natijalari
Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat institutida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qarori (“Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”) hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 25-martdagi 117-sonli buyrug‘iga binoan Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklarida 2025/2026 o‘quv yili uchun qayta taqsimotga ko‘ra ajratiladigan taʼlim grantlari tasdiqlangan edi. Shu asosida, 2024/2025 o‘quv yilida kunduzgi ta’lim shaklida qabul qilingan talabalar uchun 2025/2026 o‘quv yilida qayta taqsimotga muvofiq ajratilgan ta’lim grantlarini qo'lga kiritgan talabalar ro‘yxati shakllantirildi.
bakalavriat ta`lim yo'nalishlari,
magistratura mutaxasisliklari