11:56 Yakshanba 01 Iyun 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Azerbayjon bilan xalqaro uchrashuv va yangi hamkorlik yo‘llari

30.05.2025
46

Bugun institutimizda Azerbayjon Texnologiya Universiteti rektori, professor Omarov Yashar Adil o‘g‘li bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro ilmiy-akademik hamkorlikni rivojlantirish, talaba va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha fikr almashishdi.

Shuningdek, professor Omarov institutimizdagi ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari faoliyati bilan tanishdi va mavjud texnologik imkoniyatlarga yuqori baho berdi.

Uchrashuv yakunida hamkorlik Memorandumi imzolandi, bu esa ikki oliy taʼlim muassasasi o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?