12:43 Yakshanba 01 Iyun 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Xalqaro hamkorlik doirasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi

30.05.2025
38

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rahbariyati Singapur-Xitoy savdo mas’uliyati cheklangan jamiyati tarkibidagi holding kompaniyasining ta’lim bo‘linmasi bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.

Mazkur kompaniya “Osiyo makoni va yo‘li bo‘yicha ta’lim va madaniyatni rivojlantirish assotsiatsiyasi”, Singapur Xalqaro almashinuv va ta’lim markazi, Kanada Milliy ta’lim almashinuv markazi hamda Vyetnam Milliy ta’lim almashinuv markazining ishchi ofisi hisoblanadi.

Uchrashuv davomida Xitoyning Shandun provinsiyasidagi universitetlar bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, xorijiy talabalarni institutga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Ushbu hamkorlik institutimizning xalqaro aloqalarini yanada kengaytirishga va ilmiy hamda ta’lim sohasida yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?