"Bir haftada bir kitob" loyihasi davom etmoqda
Dizayn va texnologiyalar fakulteti 1-Talabalar turar joyida o‘tkazilgan ushbu loyihaning navbatdagi haftasida talabalar orasida kitobxonlik tanlovi tashkil etildi. Kitobga mehr, fikrlash doirasini kengaytirish va mutolaa madaniyatini mustahkamlashga qaratilgan tanlovda faol ishtirok etganlar orasidan eng kitobxon talabalar saralab olindi.
G‘oliblar fakultet dekanining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.