“Dolzarb 90 kun” doirasida madaniy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda!
To‘qimachilik muhandisligi fakultetida institutimiz professor-o‘qituvchilari va talabalarini jalb qilgan holda “Teatr kunlari” tashkil etildi.
Tadbir doirasida o‘qituvchilar va talabalar birgalikda teatr tomoshalarini tomosha qilishdi. Bu esa yoshlarda san’atga bo‘lgan qiziqishni oshirish, estetik dunyoqarashini boyitishga xizmat qildi.
Teatr — tarbiya maktabi. Aynan shunday muhitda yosh avlod qalbida ma’naviyat, hayotga teran nigoh va fikrlash madaniyati shakllanadi.