20:53 Shanba 21 Dekabr 2024 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Oliy ta’lim tashkilotlarida yakuniy nazorat turini tashkil etish va o‘tkazishning tashkiliy chora-tadbirlari

12.12.2024
158

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 2-dekabrdagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalar bilimini baholash va nazorat qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 452-son buyruq ilovasi

  1. Mazkur chora-tadbirlar Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizomga (Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 26-sentabrda 3069-raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) muvofiq O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan oliy ta’lim tashkilotlarining 2024/2025 o‘quv yilidan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kunduzgi ta’lim shakliga qabul qilinib, tahsil olayotgan talabalar uchun yakuniy nazorat turini (keyingi o‘rinlarda - yakuniy nazorat imtihoni) tashkil etish va o‘tkazishning tashkiliy harakatlarini tavsiflaydi.

Kunduzgi ta’lim shaklidan boshqa ta’lim shakllari hamda yuqori kurs talabalarining yakuniy nazorat turlarini o‘tkazishda ushbu tashkiliy chora-tadbirlarni tatbiq etish tavsiya etiladi.

  1. Mazkur chora-tadbirlarda nazarda tutilmagan masalalar mavjud qonunchilik hujjatlariga ko‘ra, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son qarori hamda Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizomi (Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 26-sentabrda 3069-raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) asosida amalga oshiriladi.
  2. Yakuniy nazorat imtihonlari (shu jumladan apellyatsiya komissiyasi faoliyati ham) ovozli kuzatuv kameralari bilan jihozlangan katta sig‘imli auditoriyalarda o‘tkaziladi hamda tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini muayyan guruh (talaba) uchun olib bormagan professor-o‘qituvchilar (keyingi o‘rinlarda - baholovchi professor-o‘qituvchi) tomonidan baholanadi.

Yakuniy nazorat turi test shaklida bo‘lganda - testlar maxsus jihozlangan kompyuter sinf xonalarda video kuzatuv ostida o‘tkazilishi mumkin.

Barcha yakuniy nazorat imtihonlari, shu jumladan, baholash jarayoni bo‘yicha videoyozuvlar kamida bir yil davomida saqlanadi.

  1. Yakuniy nazorat imtihonlari oliy ta’lim tashkiloti rektori (direktori) tomonidan manfaatlar to‘qnashuvini oldini olishni nazarda tutgan holda o‘quv masalalari bo‘yicha bo‘linma, ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘linmasi, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ul bo‘linma (Komlayens xizmati) hamda muayyan fandan dars mashg‘ulotlarini o‘tishga mas’ul bo‘lmagan boshqa kafedraning professor-o‘qituvchilardan iborat tarkibda tuzilgan Ishchi guruhi tomonidan o‘tkaziladi.
  2. Yakuniy nazorat imtihoni topshiriqlari (savollari) fanning o‘quv dasturi (sillabusi) asosida imtihon jarayonlari boshlanishidan kamida bir oy oldin tegishli kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilib, kafedra muhokamasidan o‘tkaziladi hamda tegishli fakultet dekani hamda tegishli kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi.

Bunda, savollaming 40-50 foizi bevosita auditoriyada o‘tilgan mavzular bo‘yicha, 50-60 foizi mustaqil ta’lim mavzularidan iborat bo‘lishi tavsiya qilinadi.

Yakuniy nazorat turi topshiriqlari (savolnomasi) va baholash mezoni kamida bir oy oldin talabalar e’tiboriga yetkaziladi.

  1. Fakultet dekanlari va kafedra mudirlari zimmasiga yakuniy nazorat imtihon savollarini tegishli fanning o‘quv dasturi (sillabusi) asosida sifatli va o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlash majburiyati yuklanadi.
  2. Yakuniy nazorat imtihonini o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan topshiriqlarning (savollaming) mazmuni talabaning fanni (mavzuni) o‘zlashtirishini xolis (obyektiv) hamda ulaming nazariy va amaliy bilimi, ko‘nikmasi va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini baholash imkoniyatini berishi lozim.
  3. Yakuniy nazorat imtihonlariga talabalarni kiritish shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID karta, talabalik guvohnomasi) ko‘rsatilgandan so‘ng amalga oshiriladi.

Yakuniy nazorat imtihonlari vaqtida talabalaming auditoriyadan uzrli sabablarsiz chiqishi ta’qiqlanadi va ruxsatsiz auditoriyadan chiqqan talabalar ushbu imtihonga qayta qo‘yilmaydi.

Imtihon jadvalida belgilangan imtihon vaqti rasman boshlangandan so‘ng kechikib kelgan talabalar imtihonda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi.

Yakuniy nazorat imtihonlariga talabalar tomonidan turli xil vositalar, jumladan, uyali aloqa vositalari, mikro quloqchin, kompyuter hamda ko‘chirmachilikka sabab bo‘ladigan har qanday vositalarni olib kirilishi va foydalanilishi qat’iyan ta’qiqlanadi.

Yuqorida qayd etilgan holatlar aniqlanganda, talaba imtihondan chetlashtiriladi. Ushbu holat imtihon jarayonlari yakunlangandan so‘ng aniqlangan (kuzatuv kamerlaridagi tasvirlar orqali aniqlanganda) taqdirda talabaning imtihon natijasi bekor qilinadi.

Fanning (modulning) xususiyatidan kelib chiqib, Ishchi guruh tomonidan yakuniy nazorat o‘tkazishda kalkulyator yoki imtihon savoliga doir qurilma va boshqa jadvallardan foydalanishga nisbatan istisnolar belgilanishi mumkin.

  1. Yakuniy nazorat imtihonini o‘tkazish bo‘yicha belgilangan tartiblar buzilganligi aniqlangan taqdirda, Ishchi guruhi tomonidan bayonnoma rasmiylashtiriladi va oliy ta’lim tashkiloti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori (direktori o‘rinbosari)ga taqdim etiladi.

Bayonnomaga asosan, oliy ta’lim tashkiloti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori (direktori o‘rinbosari) tomonidan o‘tkazilgan nazorat turlarining natijalarini bekor qilish yoki tegishli nazorat turini qaytadan o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma beriladi.

Yakuniy nazorat imtihonini o‘tkazish bo‘yicha belgilangan tartiblar Ishchi guruh vakillari tomonidan buzilganligi aniqlangan taqdirda ularga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilishi va Ishchi guruhdan chetlashtirilishi mumkin.

  1. Talabalarda javoblarni aniq va lo‘nda berishlarini ta’minlash maqsadida yozma shakldagi yakuniy nazorat ishlarida fanning xususiyatidan kelib chiqib, oliy ta’lim tashkiloti tomonidan so‘z soniga chegara belgilanishi mumkin.
  2. Yakuniy nazorat imtihonida berilgan savollarga talabalarning bergan javoblari Ishchi guruhi tomonidan shifrlanadi hamda baholovchi professor-o‘qituvchilarga taqdim etiladi.
  3. Baholovchi professor-o‘qituvchilar tomonidan talabalarning yakuniy nazorat imtihoni bo‘yicha bergan javoblari belgilangan baholash mezoniga asosan xolisona tekshiriladi va baholanadi. Bunda har bir savol proporsional tarzda baholanadi.

Yakuniy imtihon ishlari va baholash natijalari Ishchi guruhiga topshiriladi.

  1. Ishchi guruhi tomonidan baholash natijalari shifrlashdan yechilib, talabalarning yakuniy imtihon natijalari bir kun muddatda baholovchi professor-o‘qituvchilarga tegishliligi bo‘yicha qaytarib beriladi.

Yakuniy nazorat natijalari bo‘yicha baholar tegishli professor-o‘qituvchilar tomonidan yakuniy nazorat o‘tkazilgan kundan keyin 3 kun muddatgacha HEMIS axborot tizimiga kiritiladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?