Jadidlar – milliy maʼnaviyatimiz asoschilari
23-iyun kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Axborot-resurs markazida talaba-yoshlar ishtirokida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Jadidlar – milliy maʼnaviyatimiz asoschilari” nomli davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbir “Bir haftada – bir kitob” hamda “Kitobxon yoz – 2025” loyihalari doirasida tashkil etilib, yoshlarning badiiy va ijodiy salohiyatini rivojlantirish, ularni kitobxonlik va maʼnaviy-maʼrifiy hayotga keng jalb etishga qaratildi.
Davra suhbatida ishtirokchilarga jadidlarning milliy uyg‘onish va maʼnaviyat rivojiga qo‘shgan hissasi haqida maʼlumot berildi. Mavzuga oid kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etilib, “Jadidlar – milliy maʼnaviyatimiz asoschilari” videoroligi namoyish qilindi.